Xakim Fuzaylov: “Bugun ilk bor barcha rejalarimiz o'zini oqlagan o'yin bo'ldi”
25 sen 2024 10:00
Yangiliklar
Xakim Fuzaylov: “Bugun ilk bor barcha rejalarimiz o'zini oqlagan o'yin bo'ldi”
O'yin haqida
- Yigitlarga raxmat aytaman, bugun ular barcha ko'rsatmalarni to'g'ri va aniq bajarishdi. Natijadan va o'yinimizdan qoniqdim. Yaxshi derbi bo'ldi. Bugun ilk bor barcha rejalarimiz ish bergan o'yin guvohiga aylandik. Jamoa poydevorini to'g'ri qo'yish joriy mavsumdagi asosiy maqsadlarimizdan biri. CHempionatni munosib tugatish va jamoa poydevorini mustahkam shakllantirib olishimiz kerak. Oldinda bunga etarlicha fursatimiz bor. Klub rahbariyati va jamoa muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
- “Xorazm” jamoasi muntazam bir xil tempda o'ynay olmayotganiga sabab nimada?
- Diskvalifikaciya va jarohatlar. Doim bir xil tarkib bilan o'ynay olmayapmiz. Yana turlicha sabablar bor. Masalan tayyorgarlik uchun yaxshi maydon etishmayapti. Markaziy stadionda mashg'ulot o'tkazishning har doim ham imkoni yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar