Vohid SHamsai O'zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi
25 sen 2024 21:20
Yangiliklar
Vohid SHamsai O'zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi
Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid SHamsai saytimizga kichik intervyu berdi.
Eron futzal terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 final doirasida Marokashga qarshi bahs olib borishidan xabaringiz bor. Uchrashuv ertaga soat 17:30 Buxorodagi "Universal sport kompleksida bo'lib o'tadi. Eron terma jamoasining o'yin oldidan o'tkazilgan rasmiy mashg'ulotidan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi. SHuningdek, Vohid SHamsai O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirib o'tdi.
"O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalarning natijalari meni xafa qildi. O'zbekiston terma jamoasidagi bir nechta asosiy futzalchilarning jarohat olgani yakuniy natijaga tasir qildi. Ikki mamlakatda ham futzal rivojlanib borayotgani aniq. O'zbekiston Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgani bunga yaqqol isbot bo'la oladi. Afsuski, ular keyingi bosqichga chiqa olishmadi, ammo Afg'oniston pley-offga yo'l oldi" - deya fikr bildirdi Vohid SHamsai.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar