Vitaliy Levchenko: "Futbolda raqobatning o'rni muhim"
15 mar 2024 22:30
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Futbolda raqobatning o'rni muhim"
O'yin haqida
- O'zlaring ko'rdinglar, bugun "Metallurg" bizga juda qattiq qarshilik ko'rsatdi. Og'ir o'yin, vaziyatlarni yuzaga keltirish oson bo'lmadi. SHunday bo'lsa-da, yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda natijaga erishdik. Yigitlardan minnatdorman. SHuningdek, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga jamoamiz nomidan alohida raxmat aytaman.
- Manuchehr Safarov, Diyor Turopov kabi futbolchilarni o'yin boshidanoq tushirsa bo'lmasmidi?
- Futbolda raqobat kerak. Raqobat bor joyda futbolchi o'sishga erishadi. Tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishimiz kerak. Hali oldinda uzoq mavsum bor, barchaning jismoniy holatini birdek ushlab borishimiz zarur. Futbolchi ketma-ket o'ynayversa yoki yana kimdir zaxirada qolaversa, bu ruhiyatga ham tasir ko'rsatadi.
- Bilolxon Toshmirzaevning almashtirilishiga sabab nima? U ko'rsatgan o'yindan qoniqmadingizmi?
- Yo'q, uni kartochka xavfi bor ekani uchun almashtirdik. Juda ko'p vaziyatlarda ishtirok etdi. Toshmirzaev tezkor futbolchi, birinchi bo'limda uning tezkorligidan foydalanib hujumlar tashkil etishni reja qilgandik.
- Manuchehr Safarov ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Nega o'yin boshidanoq asosiy tarkibga kiritilmadi?
- Safarov etakchi futbolchi. Sekin-sekin jamoamizga moslashib borayapti. Hali oldinda undan ko'p narsalarni kutayapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar