So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Бания" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45

Viktor Karpenko: "Har safar o'zimizga o'zimiz gollar olib kelyapmiz" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Har safar o'zimizga o'zimiz gollar olib kelyapmiz"

Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (1:2) uchrashuvi so'ng mezbonlar ustozi Viktor Karpenko fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'yin qiziq kechdi. Ikkala jamoa darvozasi oldida ham hujumlar ko'p bo'ldi. Muxlislarimizga oxirgi daqiqagacha bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat deb qolaman. Yigitlar ham oxirigacha harakat qilishdi. Bugun ijrochilarning mahorati borasida "Qizilqum" ustun bo'ldi.

- Nega birinchi bo'limda "Bunyodkor" yomon taassurot qoldirdi? Faqatgina birinchi golni o'tkazganingizdan so'nggina o'ynashni boshladingiz...

- "Qizilqum" kuchli o'yinchilarga ega bo'lgan tajribali jamoa. Biz o'yinni boshqarayotgandek edik. Ammo yo'l qo'yilgan xato golga olib keldi. Darvozamiz oldida vaziyatlar unchalik ham ko'p bo'lmagandi, biz to'pni nazorat qilayotgandik. Yuqorida aytganimdek, biz har safar o'zimizga o'zimiz gol olib kelyapmiz. Biz bu xatolarni to'g'irlashga harakat qilamiz. Hozircha esa buning imkoni bo'lmayapti. Bugun ham ikkala golda to'pni o'zimiz oldirdik. Ikki to'p farqini esa yo'qqa chiqarish qiyin bo'ldi. Ammo yigitlarim oxirgacha harakat qilishdi va bitta gol urishdi. Ikkinchi golni kiritishning esa imkoni bo'lmadi. 

- Pobulich va Mogilevecning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Hozircha ular jismoniy tomondan to'liq tayyor emaslar. Sababi, ikki futbolchi ham yarim yil davomida katta futbol o'ynamaganlar. Mashq qilish boshqa, o'yinlarda maydonga tushish boshqa. Ikki marta maydonga tushib o'yin tempiga moslashish biroz qiyin bo'ladi. Ularga vaqt kerak. Mashg'ulotlarga kelsak, yigitlar harakat qilishmoqda. Albatta, legionerlardan ko'proq narsa kutamiz. Ammo ulardan oldingi darajalarini talab qila olmaymiz. Yarim yil o'ynamasangiz, bu o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика