Vesko Steshevich: "Metallurg"ning transfer rejalari? Jamoaning asosiy o'zagini saqlab qolamiz"
01 dek 2023 17:47
Yangiliklar
Vesko Steshevich: "Metallurg"ning transfer rejalari? Jamoaning asosiy o'zagini saqlab qolamiz"
"Metallurg" hamda "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (2:1) bekobodliklar ustozi Vesko Steshevich fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin haqida
- Tabrik uchun rahmat. G'alaba qozona olganimiz yaxshi bo'ldi. Agar birinchi bo'limni olib qaraydigan bo'lsak, "Olimpik" bizdan yaxshiroq o'ynadi. Ular sifatli o'yin namoyish etishdi. Ikkinchi bo'limda esa gol urib olganimiz yaxshi bo'ldi. Ular qarshi hujum orqali xavfli o'yin namoyish etishdi. G'ofurov juda chiroyli gol urdi. Keyin esa ustunlikni saqlab qolish uchun o'ynadik.
Yakunda g'alabaga erishdik. Yaxshi mavsum bilan yigitlarni tabriklayman. Mavsum yanada yaxshiroq o'tishi mumkin edi, lekin asosiy vazifalar bajarildi.


- "Metallurg"ning keyingi yilgi transfer rejalari qanday?
- Bu borada aytishim mumkinki, jamoaning asosiy o'zagini saqlab qolamiz. Ko'p narsa jamoa byudjetiga ham bog'liq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar