Valverde Rakitich kelasi mavsumni zaxirada o'tkazishiga shama qildi
23 iyu 2019 23:50
Yangiliklar
Valverde Rakitich kelasi mavsumni zaxirada o'tkazishiga shama qildi
Barselona bosh murabbiyi Ernesto Valverde xorvatiyalik xabek Ivan Rakitich haqida gapirdi.
“Rakitich «Barselona» uchun kerakli futbolchi bo'lgan. Bilmadim, kelasi mavsumda ham shunday bo'ladimi. Hozir yangi futbolchilar kelgan va Rakitich asosiy tarkibdan o'rin olishi uchun harakat qilishi kerak. Vaqt o'tmoqda, barchasi o'zgarishi mumkin”, – deydi 55 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Rakitich 2014 yili «Sevilya»dan kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan. Ushbu transferlar oynasida esa u jamoani tark etib, «Inter»ga o'tishi kabi gap-so'zlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar