Valverde: Men har doim rahbariyatning qo'llab-qo'vvatlashini his qilganman
12 may 2019 07:26
Yangiliklar
Valverde: Men har doim rahbariyatning qo'llab-qo'vvatlashini his qilganman
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde ECHLni tarki etgach jamoadagi holat va rahbariyatning o'ziga bo'lgan munosabati haqida gapirib o'tdi.
“Men mutlaqo bu haqda (istefo) o'ylayotganim yo'q. O'z ishimni davom ettirishga kuchim etadi. Men bilan hammasi joyida. Qolganlar kabi yanada oldinga intilishda davom etib, muammolarga yuzma-yuz boqib ularni bartaraf etish niyatidaman, tosh ostida yashirinish niyatim yo'q. Men klub prezidenti bilan gaplashib oldim va doim klub rahbariyatining qo'llab-quvvatlashini his qilib kelganman.
Bilaman, bu kabi mag'lubiyatlardan keyin ko'pchilik alamzada bo'lib qoladi. Ammo biz o'zimizga kelishimiz va xatolarni to'g'irlashimiz lozim”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AFP.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar