"Arsenal" yangi hujumchi topdi
17 mar 13:26
Yangiliklar
"Arsenal" yangi hujumchi topdi
Belgiyaning "Bryugge" jamoasi hujumchisi Nikolo Tresoldi Londonning "Arsenal" klubi qiziqishi doirasiga tushdi.
21 yoshli futbolchi Belgiya chempionatining joriy mavsumida 29 o'yinda 12 ta gol urib, to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.
Britaniya OAV malumotiga ko'ra, “kanonirlar” italiyalik ildizlarga ega nemis hujumchining o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda.

Malumki, ingliz grandi yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va "Bryugge" yulduzi asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Nikolo Tresoldining bozor qiymati 13 mln evroni tashkil qiladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yinda 16 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar