Karlo Anchelotti: "Real"dan keyin boshqa klubda ishlashni istamadim"
17 mar 13:51
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Real"dan keyin boshqa klubda ishlashni istamadim"
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nega Braziliya termasini boshqarishga qaror qilgani haqida gapirdi.
"Men "Real"dan keyin boshqa klubda ishlashni istamadim. Ikki yil oldin Braziliya termasini boshqarish imkoniyati paydo bo'lgandi, lekin men "Real" bilan shartnomamni uzaytirgandim. O'tgan yili esa ketish vaqti kelganini tushundim va hozir baxtliman", – dedi Anchelotti.
Braziliya milliy jamoasi yozda JCH-2026'da ishtirok etadi. Qura tashlash marosimi natijasiga ko'ra, jamoa "C" guruhidan joy olgan va Gaiti, Marokash hamda Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina MTJ.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar