Valverde jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi
05 may 2019 07:30
Yangiliklar
Valverde jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi
Dembele va Todiboning jarohati haqida
“Menimcha u (Dembele) mushaklaridan jarohat oldi va uning naqadar jiddiyligi yakshanba kungi tekshiruvlardan so'ng malum bo'ladi. U biz uchun muhim futbolchi, katta o'yinlar oldidin katta yo'qotish, degan bo'lardim. Uning o'rniga Koutinoni tushirishim ham mumkin edi. Ammo tavakkal qilishini istamadim.
Todiboning jarohati esa biroz tushunarsiz bo'ldi, tekshiruvdan so'ng aniq xulosaga kelinadi. U engil jarohat olgan bo'lishi mumkin.
O'yin haqida
“Vaqti vaqti bilan biz o'yinda o'z ustunligimizni ko'rsatishga urindik. So'ngra raqib to'p kiritdi va bu ularga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Yakunda “Selta” g'alabani tantana qildi.
Biz javob bera olmadik. Tarkibning katta qismi debyutant futbolchilardan iborat edi va ikkinchi bo'limda gol urish uchun vaziyatlarni yarata olmadik”, dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar