Valverde bu mavsum "Real" chempion bo'ladi deb hisoblamoqda
15 fev 2020 12:34
Yangiliklar
Valverde bu mavsum "Real" chempion bo'ladi deb hisoblamoqda
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde LaLiga joriy mavsumidagi chempionlik kurashi haqida fikrlarini bildirdi.
Valverdening fikricha, Ispaniya chempionligini "Barselona" emas, "Real" qo'lga kiritadi.
"Madrid hozir juda kuchli. Ular ligada g'alaba qozonishga etibor qaratishgan. O'ylashimcha, ular favorit", - deya Ernestoning so'zlarini keltirdi "Cadena Cope".
Valverde 2017 yildan "Barselona"ni boshqarib kelgandi. U boshchiligida klub ikki bor Ispaniya chempioni, bir martadan Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibi bo'lgan.

"Real" ayni paytda LaLigada peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar "ko'k-anorranglilar"ni 3 ochkoga ortda qoldirishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar