"Valensiya" himoyachisi "Barselona"ga o'tishga yaqin
24 fev 2020 15:44
Yangiliklar
"Valensiya" himoyachisi "Barselona"ga o'tishga yaqin
Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.
20 yoshli futbolchining "ko'rshapalaklar" bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va "ko'k-anorranglilar" uni erkin agent sifatida qo'lga kiritishga yaqinlar. Agar kelishuv amalga oshsa, Ugo mavsum tugagandan keyin kataloniyaliklar safiga tekinga o'tadi.
Keltirilishicha, "Barselona" malum vaqt davomida Ugoni kuzatib borgan va klubdagilar himoyachi ularning o'yin uslubiga tez moslashib ketishiga ishonishmoqda. Himoyachi boshida kataloniyaliklarning ikkinchi jamoasi tarkibida to'p tepishi kutilmoqda. Agar Ugo o'zini ko'rsata olsa, uni asosiy jamoaga o'tkazishadi va uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi.
Gilyamon Ispaniya U-19 terma jamoasi tarkibida Evropa chempioni hisoblanadi. O'tgan dam olish kunida u LaLigada debyut qildi. Ispaniya chempionati 25-turida Ugo "Real Sosedad"ga qarshi (0:3) bellashuvning 46-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar