Vadim Abramov: "Neftchi" yaxshi selekciya olib bordi. Qiziqarli o'yin bo'ladi"
08 mar 2024 22:48
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Neftchi" yaxshi selekciya olib bordi. Qiziqarli o'yin bo'ladi"
"O'yinga tayyorgarlikni Samarqandda davom ettirayapmiz. Ob-havo sababli maydon bo'yicha muammolar bo'lishi tabiiy, bor imkoniyatdan foydalanib tayyorgarlikni davom ettirayapmiz. Ilk o'yinni o'z maydonimizda o'tkazishni istardik, hozirda maydonimiz yangilandi va umid qilamanki, bir oydan keyin Samarqandda o'ynaymiz.
Tarkibda faqatgina braziliyalik o'yinchimizning (Ratino) jarohati bor, yakka tartibda shug'ullanmoqda. Qolganlar o'yinga tayyor. O'tgan o'yinda bo'lmagan Ulug'bek Abdullaev va Emmanuel Yagr ham jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Neftchi"ni Turkiyada kuzatgandik, yaxshi selekciyani olib bordi. Yuqori maqsadlarni qo'ygan hurmatga loyiq raqibga qarshi qiziqarli o'yin bo'ladi", - deydi Vadim Karlenovich.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar