Useyn Bolt Martinellining hisobga olinmagan goliga munosabat bildirdi
05 sen 2022 01:16
Yangiliklar
Useyn Bolt Martinellining hisobga olinmagan goliga munosabat bildirdi
Engil atletika bo'yicha bir necha bor Olimpiada chempioni Useyn Bolt "Manchester Yunayted" - "Arsenal" uchrashuvida Martinellining hisobga olinmagan goli haqida post qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 12-daqiqasida "kanonirlar" futbolchisi Martinelli hisobni ochdi, biroq hakam Pol Terni VARga murojaat qildi va Eriksenga qarshi qo'pollik ishlatilgani sababli ushbu golni bekor qildi.
SHundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so'zlar avj oldi. Kimdir hakamning qarorini qo'llab-quvvatlasa, yana kimdir uning ustidan "mag'zava ag'dardi".
Engil atletikaning qisqa masofaga yugurish bahslarida bir necha bor Olimpiada chempioni Useyn Bolt ham Tvitter sahifasida mazkur holatga munosabat bildirib, uni "Aniq qo'pollik" deya atadi.
Eslatib o'tamiz, Bolt "Manchester Yunayted" muxlisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar