UEFA. Muxlislar talqiniga ko'ra 2019 yil ramziy termasi tuzildi
15 jan 2020 19:45
Yangiliklar
UEFA. Muxlislar talqiniga ko'ra 2019 yil ramziy termasi tuzildi
UEFA rasmiy sayti orqali muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra 2019 yilning ramziy terma jamoasi tuzib chiqildi.
Ovoz berish jarayoni yarim yil mobaynida o'tkazildi va unda 2 mln.ga yaqin foydalanuvchi qatnashdi.
Tarkibga ECHLning amaldagi g'olibi “Liverpul”dan besh nafar futbolchi kiritildi. Ramziy jamoaning to'liq ko'rinishi esa quyidagicha:
Darvozabon: Alisson Beker ("Liverpul");
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Matteys de Ligt ("Ayaks"/"Yuventus"), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Endryu Robertson ("Liverpul")
Yarim himoyachilar: Frenki de Yong ("Ayaks"/"Barselona"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")
Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Sadio Mane ("Liverpul").

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar