So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

U-23 Osiyo kubogi. Nikolas Kordova: "Bu musobaqada hech bir jamoaga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. Nikolas Kordova: "Bu musobaqada hech bir jamoaga oson bo'lmaydi"

U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan Eron - Qatar (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Qatar bosh murabbiyi Nikolas Kordova qatnashdi.

"Bugun juda kuchli, qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi. Bahs oxirida hisobni ochdik, ammo afsuski raqib so'nggi daqiqada gol urdi. Bu o'yin shuni ko'rsatdiki, musobaqadagi barcha uchrashuvlar hamma jamoalar uchun qiyin bo'ladi. Biz navbatdagi bahsga tiklanishga harakat qilamiz", - dedi Nikolas Kordova.

- Bugun jismoniy kurashlarga boy bo'ldi...
- Ha to'g'ri, jismoniy kurashlarga boy o'yin ko'rdik. Osiyo qitasidagi ko'p jamoalar shunday o'ynaydi. Ammo biz jamoaviy o'yin ko'rsatishga intilamiz. Keyingi bahslarda shunday o'ynashga urinamiz.

- Ikkinchi taymda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdingiz. O'zgarishlardan keyin Qatar gol urdi. Keyingi bahsda asosiy tarkib o'zgarishi mumkinmi?
- Hozir bu haqda biron narsa ayta olmayman. Biz O'zbekiston ishtirokidagi o'yinni ko'ramiz va ikkinchi turga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Bugungi 1:1 hisobi siz uchun qoniqarli natijami?
- Agar o'yinni sarhisob qiladigan bo'lsak durang yomon natija emas. CHunki Eron kuchli jamoa hisoblanadi, ularga qarshi bahs og'ir bo'lishini bilardik. Umumiy natijadan qoniqish hosil qildim.

- Bugun futbolchilaringiz ko'plab yakkakurashlarda raqibga yutqazdi...
- Aytganimdek Eron kuchli jamoa va futbolchilar jismoniy jihatdan baquvvat. Yakkakurashlarda bizdan ustun kelishi tabiiy hol. Ammo jamoaviy o'yin va boshqa tomonlama biz ulardan ustun edik deb o'ylayman.

- Bugun shogirdlaringiz ko'plab golli imkoniyatlardan foydalana olmadi. Buni nima bilan izohlaysiz?
- To'g'ri ko'p imkoniyatlardan gol ura olmadik, buni ularning yoshligi bilan bog'layman. Bu musobaqa yosh futbolchilar uchun birinchi navbatda tajriba maktabi bo'ladi.

- O'yinda urilgan gollarning daqiqasiga qarab aytadigan bo'lsangiz 1 ochko oldingizmi yoki 2 ochko yo'qotdingizmi?
- Albatta o'yin tugashiga oz qolganida gol o'tkazib yuborib g'alabani qo'ldan boy berdik, demak 2 ochko yo'qotdik. Umumiy olganda ikkita teng kuchli jamoa ishtirokidagi durang yomon natija emas.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика