So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

U-23 Osiyo kubogi. Mehdi Mahdavikiya: "Qatarga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. Mehdi Mahdavikiya: "Qatarga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotdik"

U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan Eron - Qatar (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Eron bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya va yarim himoyachi Muhammad Xodabandexlo qatnashdi.

"Bugungi o'yinda ikki ochko yo'qotdik. Ikkala taymda ham to'pni, ham o'yinni nazorat qildik. Afsuski durang natija qayd etildi. Bugun Qatardan har jihatdan ustun edik. Raqib ham yomon o'ynamadi va o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritdi. O'ylaymanki keyingi o'yinlarda ijobiy natijalarga erishamiz", - dedi Mehdi Mahdavikiya.

"Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqibdan yaxshiroq o'ynadik. Afsuski xatolarimiz tufayli birinchi gol o'tkazib yubordik, lekin o'yinga qaytib hisobni tenglashtira oldik. O'ylaymanki bu keyingi o'yin oldidan bizga yaxshi saboq bo'ladi", - dedi Muhammad Xodabandexlo.

- Bugun jamoaingiz jismoniy jihatdan Qatardan ustun edi. G'alaba uchun nima etishmadi?
- Biz birinchi gol o'tkazib yuborganimiz tufayli g'alaba qozona olmadik. Jismoniy tomonlama haqiqatdan ham raqibdan kuchli edik. Bundan tashqari bizning o'yinchilar Qatar futbolchilaridan biroz yoshroq.

- Bugungi hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Hakam bugun ko'p kartochka ko'rsatgan bo'lsa ham yaxshi ishladi. Umuman olganda hakamlar haqida gapirishni xohlamasdim.

- Qatarning o'yini siz uchun syurpriz bo'ldimi?
- Yo'q, Qatar biz oldindan kutgan o'yinni namoyish etdi. Biz ham o'z o'yinimizni ko'rsatdik.

- Ikki kundan keyin 2-tur o'yini bor.
- Biz tiklanish jarayonini boshlaymiz. Ikkinchi turda Turkmanistonga qarshi o'ynaymiz va hozirgi eng asosiy maqsadimiz o'sha bahsda g'alaba qozonishni xohlaymiz. 


Osiyo Kubogi U-23. Guruhdoshlarimiz Eron va Qatar o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi        

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика