U-23 Osiyo kubogi final uchrashuvi chiptalari masalasida O'FA rasmiy izoh berdi
17 iyu 2022 23:20
Yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi final uchrashuvi chiptalari masalasida O'FA rasmiy izoh berdi
O'zbekiston futbol associaciyasi U-23 Osiyo kubogi final uchrashuvi chiptalari masalasida rasmiy izoh berdi. O'zbekiston futbol associaciyasi bayonotiga ko'ra, bugun iTicket.uz saytiga tashrif buyuruvchilar oqimi juda ko'p bo'lganligi sababli saytda nosozliklar yuzaga kelgan.
"U-23 Osiyo kubogi final uchrashuviga qiziqish yuqori bo'lmoqda. Bugun iTicket.uz onlayn platforma tomonidan va “Bunyodkor” stadioni kassalarida chiptalar sotuvi boshlandi. iTicket.uz kompaniyasining malum qilishicha, saytga tashrif buyuruvchilar ko'pligi sabab platformada texnik nosozlik yuzaga kelgan va yaqin vaqt ichida bu muammo bartaraf etiladi. Saytdagi nosozlik sabab kassalarda katta navbatlar kuzatilgan. Umid qilamizki, chiptalar sotuvi davom ettirilib, futbol muxlislari tartibga rioya qilgan holda ularni xarid qilishadi", -deyiladi O'FA rasmiy bayonotida.
SHu bilan birga, "Bunyodkor" stadioni kassalari atrofida ko'plab chayqovchilar borligi ham O'FA tomonidan qayd etilgan. Videomurojaatda iTicket.uz sayti malumotlariga ko'ra bugun 10 mingta chipta sotilgani qo'shimcha qilingan.
Ey iTicket! CHiptalar qaerda???
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar