Turkiya Superligasi. Alli ilk golini urgan o'yinda “Beshiktosh” safarda irodali g'alabaga erishdi (+jadval)
05 sen 2022 10:00
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. Alli ilk golini urgan o'yinda “Beshiktosh” safarda irodali g'alabaga erishdi (+jadval)
Turkiya chempionati 5-turida “Beshiktosh” safarda “Ankaraguju” bilan o'ynab, 3:2 hisobida zafar quchdi.
O'yinda hisobni mezbonlar gruziyalik legioner Giorgi Beridzening goli evaziga ochishdi. Keyin esa mehmonlardan Jekson Muleka hamda Dele Alli o'z nomini tabloga yozdirdi. So'ngra, Baridzening o'zi dublga erishib, muvozanatni tikladi. Ammo 2-taym o'rtalarida Jorj-Kevin N'Kudu raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, “Beshiktosh”ga uch ochko keltirdi.
“Everton”dan turk klubiga ijaraga o'tgan Alli 2-o'yinida dastlabki golini urishga erishdi.
Mazkur g'alabadan keyin Valeren Ismael shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi va ular turnir peshqadamiga aylandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar