So’nggi yangiliklar

23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0

Trevor Morgan: "Ertaga O'zbekiston va Saudiya Arabistoni termalari muxlislarga to'la stadionda maza qilib futbol o'ynaydi" Yangiliklar

Trevor Morgan: "Ertaga O'zbekiston va Saudiya Arabistoni termalari muxlislarga to'la stadionda maza qilib futbol o'ynaydi"

Habaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3 o'rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyingi matmuot anjumanida Avstraliya jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan ishtirok etdi.

-O'yin haqida fikrlaringiz...

-Bugungi uchrashuvga biz futbol o'ynab nimadir o'rganib ketish uchun kelgan edik. Yaponiya har jabhada bizdan ustun bo'ldi va ular haqli g'alaba qozonishdi.

-Ohirgi ikki o'yinda jamoangiz negadir o'ziga o'hshamadi?

-Siz shunday deb o'ylaysiz, jamoam bugun 55% to'p nazoratiga ega bo'ldi va Yaponiya bilan teng darvozaga zarba berdi. Fikringizga qo'shilmagan bo'lardim. Keyin birinchi bo'lim boshida biz ko'p hatolarga yul quydik va jazolandik.

-Jamoangiz bu turnirda 6 ta o'yin o'tkazdi. Avstraliya termasi birinchi o'yindan boshlab qanchalik o'sishga erishdi deb o'ylaysiz?

-O'yin ketidan o'yin o'tkazish bu o'rganishning boshqacha yuli hisoblanadi. CHunki futbolchilar ko'rsatmalarimdan emas vaziyatga qarab ish ko'rishni o'rganishni boshlashadi. Osiyodagi jamoalarining o'ynash usuli juda xilma xil va bu oson emas. Agar siz shu atmosferada o'ynagingiz kelsa juda ko'p qiyinchilikrani engib o'tishingiz kerak.

- Siz va jamoangiz bu erda deyarli 20 kun yashadingiz. O'zbekistonda sizga yoqqan va yoqmagan narsalarni ayta olasizmi?

-O'zbekiston futbolni sevuvchi davlat. Bu turnirda qatnashganimizdan mamnunmiz. Hamma narsa yuqori darajada bo'ldi.

-Jamoangizda qaysi futbolchi sizda yahshi taassurot qoldirdi?

-Buni aytish juda qiyin masala chunki hamma o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatdi, ammo jamoamiz sardori Tayris Frencisni alohida takidlab o'tgan bo'lar edim. CHunki u rostdan ham jamoani etakchisi bo'la oldi va hammadan bir bosh ustun bo'ldi.

-Ertaga ushbu turnirning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Sizningcha qasi jamoa chempion bo'ladi?

-Aniq bir narsa deya olmayman. Ammo umid qilamanki, ertaga O'zbekiston ham Saudiya Arabistoni ham to'lib toshgan stadionda mazza qilib futbol o'ynaydi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика