Tramp JCH-2026 o'tkaziladigan shaharlarni o'zgartirishi mumkin
26 sen 2025 15:34
Yangiliklar
Tramp JCH-2026 o'tkaziladigan shaharlarni o'zgartirishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan Amerika shaharlarini xavfli deb hisoblasa, ularni o'zgartirish imkoniyatini ilgari surdi.
"Sietl va San-Franciskoni nima qilayotganini bilmaydigan aqldan ozgan chap qanot odamlari boshqaradi. Biz Chikago, Memfis va boshqa shaharlarga boramiz. U erlar xavfsiz bo'ladi. Agar u erlarni xavfli deb qaror qilsam, uchrashuvlarni boshqa shaharga ko'chiramiz", – dedi Tramp.
AQSH prezidenti turnir oldidan bunday choralar ko'rilmasligiga umid bildirdi.
"The Athletic" nashrining yozishicha, Tramp o'yinlarni biron bir shahardan ko'chirish vakolatiga ega emas, biroq u FIFA prezidenti Janni Infantino bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada.
Futbol bo'yicha JCH 2026 yilning 11 iyundan 19 iyuliga qadar uchta davlatda: AQSH, Kanada va Mekcikada bo'lib o'tadi. Amerikaning 11 shahri turnirga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar