Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
01 apr 09:07
Yangiliklar
Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
25 yillik faoliyatidan so'ng Tomas Myuller Bavariyani tark etishga yaqin.
Futbolchiga Evropa va Osiyoning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq 35 yoshli futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qilgan.
Avvalroq, «Bavariya» moliyaviy holatini yaxshilash uchun Tomas bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Yarim himoyachining ayni vaqtda «Bavariya»dagi maoshi yiliga 17 million evroni tashkil qiladi.
Malumot o'rnida, U «Bavariya« tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myuller nemis grandining asosiy jamoasida 2009 yildan beri harakat qilib keladi. Shu vaqt ichida yarim himoyachi 741 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 247 ta gol va 273 ta golli uzatma bor. Myuller joriy mavsum barcha musobaqalardagi 34 o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 5 assist muallifi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar