Tojikistonlik futbolchi Vahdat Hanonov o'z golidan so'ng nega yig'lab yubordi?
29 jan 2024 09:11
Yangiliklar
Tojikistonlik futbolchi Vahdat Hanonov o'z golidan so'ng nega yig'lab yubordi?
Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Tojikiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi dramatik o'yinda qo'shnilarimiz penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Vahdat Hanonov hisobni ochdi. Futbolchi golni nishonlash paytida o'z emociyalarini boshqara olmadi va yig'lab yubordi. Yakunda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Hanonov matbuot anjumanida vaziyatni izohladi. Vahdat bu golini yaqinda vafot etgan akasiga bag'ishlaganini malum qildi va bu safar ham o'z emociyalarini jilovlay olmadi.
"Men bu goldan juda baxtliman. Ushbu golni yaqindagina vafot etgan akamga bag'ishladim. Hozir u oramizda yo'q", - dedi Vahdat Hanonov.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar