So’nggi yangiliklar

12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2

Tojikiston termasi posboni Rustam Yatimov: "Bu kabi emociyalarni anchadan beri his qilmagandim. Osiyo kubogida oson raqiblar bo'lmaydi" Yangiliklar

Tojikiston termasi posboni Rustam Yatimov: "Bu kabi emociyalarni anchadan beri his qilmagandim. Osiyo kubogida oson raqiblar bo'lmaydi"

Osiyo kubogi uchinchi turida Livanni mag'lub etib, nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Yatimov o'yindan keyingi qisqa fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Rustam, sizni keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklaymiz. Gol o'tkazib yuborganingizga qaramay, bugun ajoyib harakat qildingiz. Bugungi o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- To'g'risini aytsam, bunday musobaqada oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Bu kabi emociyalarni anchadan beri his qilmagandim. Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi. Dastlab, gol o'tkazib yubordik. Keyin esa raqib qizil kartochka oldi. SHundan so'ng yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanishga harakat qildik. Urgan gollarimiz ofsayd sabab bekor qilindi. Yaxshiyamki, o'yinni ijobiy natija bilan yakunlay oldik. 

- Turnir siz uchun qanday o'tmoqda?

- Osiyo kubogi men uchun juda yaxshi o'tmoqda. Osiyo kubogida oson raqiblar bo'lmaydi. O'tkinchi o'yinlar ham yo'q. Nimchorak final o'yini bugungi uchrashuvdan umuman qolishmasa kerak. 

- Sizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga nima deya olasiz?

- Muxlislarning qo'llovini his qilib turdim. Ularga rahmat aytmoqchiman. Prezidentimiz Emomali Rahmonga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Davlat rahbarining shaxsan o'zi bizga vaqt ajratgani albatta quvontiradi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика