So’nggi yangiliklar

17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  1 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  6 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  17 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  2 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  3 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  11 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  21 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  29 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  9 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2

Timur Kapadze: "Futbolchilar xatolar orqali o'sishadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Futbolchilar xatolar orqali o'sishadi"

"Metallurg" hamda "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (2:1) toshkentliklar ustozi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Ilk navbatda "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin yaxshi o'tdi. Ikki jamoa ham musobaqa jadvalidagi o'rnidan qati nazar g'alaba uchun chiqishdi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarimiz yaxshi harakat qilishdi. "Metallurg" yaxshi himoyalandi. Ayniqsa, birinchi bo'limda pressing orqali ham bizga qiyinchilik tug'dirishdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular yaxshi kurashishdi. Endi keyingi mavsumga tayyorlanamiz.



- Har ikki golda ham futbolchilar xatosi ko'zga tashlandi. Ular yosh futbolchi deyiladigan darajadan o'tdimi? 

- Ular yosh. Bunda tajriba muhim ahamiyatga ega. Ular o'tgan ikki yilga qaraganda ulg'ayishdi. Jamoamizdagi yigitlarning ko'pi bu yil debyut qildi. Albatta, ular bilan ishlashda davom etamiz. Nazariy mashg'ulotlarda bu borada ish olib boramiz. 

Ularga vaziyatlardan qay tarzda chiqib ketishni o'rgatyapman. Xatolar orqali ular o'sishadi. Kelasi safar bunday xatoga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz. Gollar o'tkazib yuborilgan vaziyatlarni qo'pol xatolar demagan bo'lardim. 



- Jasur Jaloliddinov o'zimizning chempionat va "Olimpik" safida kuchlidek ko'rinmoqda. U katta klublarda o'ynash uchun qay darajada o'zini tiklab oldi? 

- U bemalol o'ynay oladi. Bizda futbolchilar yoshi nisbatan bir-biri bilan teng, lekin asosan kattalarga qarshi o'ynaymiz. Jasur ularga qarshi yaxshi o'ynay olmoqda. Mavsum avvalida uning jismoniy holati yaxshi emasdi, lekin so'nggi paytlarda u yaxshigina kuchaydi. Bemalol 90 daqiqa yugura oladi. Uning to'p bilan qanday harakat qila olishini bilamiz, lekin to'psiz harakatni ham esdan chiqarmaslik kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика