Tartib-intizom qo'mitasi: Iqboljon Malikjonov 3ta, Pavel Bugalo 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va boshqa qarorlar
27 may 2022 12:04
Yangiliklar
Tartib-intizom qo'mitasi: Iqboljon Malikjonov 3ta, Pavel Bugalo 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va boshqa qarorlar
«QIZILQUM» — «SURXON»
O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan «Qizilqum»— «Surxon» uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so'ng yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
«DINAMO» — AGMK
Superliganing 10-turi doirasidagi «Dinamo»— AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
«SURXON» — «SO'G'DIYONA»
U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi «Surxon»— «So'g'diyona» uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib «Surxon» jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisining ko'krak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
«ARAL» — «CHIG'ATOY»
Birinchi liga 6-turi doirasidagi «Aral»— «CHig'atoy» uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o'yin to'xtatilgan vaqtda «Aral» jamoasi futbolchisi Asad Jumanmuratov raqib o'yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asad Jumanmuratovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
«QIZILQUM-V» — «NEFTCHI-V»
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi «Qizilqum-V» — «Neftchi-V» uchrashuvning 90+2-daqiqasida «Qizilqum-V» jamoasi futbolchisi Ezoza SHaripova jamoasiga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandan so'ng raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ezoza SHaripovaga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish chorasi qo'llanildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar