So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni. Anvar Soliev yana "qutqaruvchi" Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni. Anvar Soliev yana "qutqaruvchi"

2005 yilning 9 fevral kuni havo sovuq bo'lishiga qaramasdan "Paxtakor" stadioniga minglab ishqibozlar jamlanishgan edi.

SHu kuni Xans Yurgen Gyode boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi JCH-2006 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Saudiya Arabistonini qabul qilardi. 

Bugungi kunda ikkinchi bosqichda muammoga yo'liqayotgan termamiz o'sha paytlarda keyingi raundga muammosiz o'tgan. Hal qiluvchi yani mundialga yo'llanma beruvchi bosqichda esa doimgidek qiyinchiliklarga duch kelganmiz. 

Avvalgi raundda vakillarimizga Iroq, Falastin, Xitoy Taypeyi raqiblik qilgan bo'lsa, endilikda guruhimizdan qitaning nomdor va grand jamoalari o'rin olgandi. Demak, biz joylashgan kvartetda har bir davrda kuchli hisoblangan Saudiya Arabistoni, Pim Virbeek boshchiligidagi Janubiy Koreya va kuchsiz bo'lmagan Quvayt terma jamoalari mundial yo'llanmasi uchun kurash olib borishi ko'zda tutildi. Qaysidir manoda narigi guruhga qaraganda raqobat kuchli edi deyishimiz mumkin.

Rejaga ko'ra birinchi turni o'z maydoimizda Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bilan boshladik. Bilasiz, mazkur yurt vakillariga qarshi bahslar doim keskin va murosasiz ruhda o'tadi, aksariyat hollarda ular muhim pallalarda uloqni ilib ketishgan. Bahs 9 fevral belgilangan, qishning eng sovuq davri yurtimizda kezib yurgan paytlar edi. Garchi, havo harorati ancha noqulay bo'lishiga qaramasdan “Paxtakor” markaziy stadioniga 50 mingdan ziyod muxlis futbolchilarni olqishlab turish uchun tashrif buyurgandi. Ularning ko'zidan terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni va katta futbolni sog'inishganlarini sezib olish qiyin emasdi. Bir tomondan guruhimizdagi raqiblardan bizning kam joyimiz yo'q, bemalol o'ynasa bo'lardi. Tarkibimiz nihoyatda kuchli va maxoratli futbolchilar etarli topilar edi. 

Yanvar oyida BAAda olib borilgan yig'indan so'ng jamoa ixtiyoriga Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Polyakov, Andrey Fyodrov, Vladimir SHishelov, Maksim SHackix kabi legionerlar ham etib kelishdi. Bu tomondan muammo yo'q edi hisob. Faqat, jamoaning yuragi Mirjalol Qosimov saudiyaliklarga qarshi maydonga tusha olmasdi. 

Bellashuvdan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar bosh murabbiyga Qosimov haqidagi savolni berishganida achinish bilan javob qaytargandi. 

“Ochig'ini aytishim lozim – Mirjalol mening o'ng qo'lim hisoblanadi. U o'z uslubiga ega iqtidor sohibi. U bilan har kuni muloqotdaman. Uning bugun ishtirok etmasligi biz uchun katta yo'qotish”,- degandi Gyode. 

Minglab muxlislarning tinimsiz hayqiriqlariga qaramasdan birinchi bo'limda hisob ochilmaydi va jamoalar tanaffusga nursiz 0:0 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi. Saudiya shu kuni Toshkentga o'zining eng kuchli ijrochilari bilan etib kelgandi. Sami Al Jaber, Muhammad Al SHlhub, Sogid Al Xarti va boshqalar. Afsuski, 76-daqiqada o'sha biz kutgan Jaberdan futbolchilarimiz haqiqiy jabr ko'rishdi. Futbolchi himoyamizdagi palapartishlikdan unumli foydalanib Polyakov darvozasini ishg'ol qildi. 

Ushbu o'yinchi faoliyatining katta qismini “Al Hilol”da o'tkazgan bo'lib, terma jamoa libosida 163ta bahsda qatnashgan va 45ta gol urgan. Startni mag'lubiyat bilan boshlash yoqimsiz albatta. SHuning uchun bellashuvning qolgan daqiqalarida faollikni oshirgan vakillarimiz qator vaziyatlardan unumli foydalana olishmaydi. 82-daqiqada himoyachi Andrey Fyodrovning o'rniga hujumchi Marat Bikmaev tushiriladi va o'yin sxemasi o'zgartiriladi. Yosh Maratning tushishi orqali ikkita markaziy hujumchi bilan o'ynash ham naf bermadi. Bosh hakam Toru Komikovaning hushtagi yangrashiga oz qolganda SHishelov o'rnini Anvar Solievga bo'shatib beradi va ohirgi daqiqalarni futbolchilarimiz uchta hujumchi bilan bosimni oshirishga yani shturm uyushtirishadi. Yakunda 90+3 daqiqada Soliev gol urib mag'lubiyatdan qutqarib qoladi. Hujumchi azaldan “sehrli tayoqcha” nomi bilan etirof etilib kelinadi. Uning bu laqabni olishiga yana bir misolni ko'rib chiqdik.

Yodingizda bo'lsa, ikkinchi bosqich birinchi turida Iroq bilan o'yinda Soliev gol urib durangni taminlagandi. Ar-Riyoddagi javob uchrashuvida Sami Al Jaber va Al Xartiining gollari Saudiya Arabistoniga 3:0 hisobidagi g'alabani olib bergandi.

JCH-2006. Saralash bosqichi.
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni – 1:1
09.02.2005. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 52000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Toru Komikova (Yaponiya).
Gollar: Anvar Soliev (90+3) – Sami Al Jaber (76).
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Baxtiyor Ashurmatov, Oleg Pashinin, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Andrey Fyodorov (Marat Bikmaev, 82), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Vladimir Maminov, Vladimir SHishelov (Anvar Soliev, 89), Maksim SHackix.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика