So’nggi yangiliklar

19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  0 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   4 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  1 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  0 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   1 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  10 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  12 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  7 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  2 12:38"Манчестер Юнайтед" Аюб Буадди билан шартнома имзолашга яқин турибди  6 12:13"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2

Takexiro Tomiyasu Koreya Respublikasining Yaponiyadan qo'rqqani haqidagi savolga javob qaytardi Yangiliklar

Takexiro Tomiyasu Koreya Respublikasining Yaponiyadan qo'rqqani haqidagi savolga javob qaytardi

Yaponiya terma jamoasi va "Arsenal" klubi himoyachisi Takexiro Tomiyasu Bahraynga qarshi o'yinlan keyin OAV xodimlariga, shu jumladan Championat.asia jurnalistiga kichik intervyu berdi.

- Jismoniy holatingiz ayni damda qanday? Guruh bosqichidagi ilk o'yinni jarohat sabab o'tkazib yuborgandingiz, ikkinchi o'yinda esa zaxiradan maydonga tushdingiz...

- Hozirgi holatim yaxshi. Keyingi o'yinga 100% tayyorman. 

- Juda ko'pchilik Koreya Respublikasi Yaponiya terma jamoasiga duch kelishdan qo'rqqani haqida gapirdi. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?

- To'g'risini aytsam, bu haqda aniq fikr bildira olmayman. Koreya Respublikasi juda yaxshi terma jamoa. Yaponiyaga kelsak, biz faqat o'z jamoamizga etibor qaratamiz. Koreya yoki boshqa jamoalar haqida faqat o'zaro to'qnash kelsakkina o'ylashni boshlaymiz. Bor etiborimiz oldindagi bitta o'yinda bo'ladi. Boshqa jamoalarga chalg'imaymiz.

- Sport formangiz avvalgi holatga qaytishga ulgurdimi?

- Ha, Osiyo kubogidagi birinchi o'yinni o'tkazib yubordim. Hozir sport formam yaxshilanib bormoqda. 

- Yaponiya bugun "quruq" o'yin o'tkazishi mumkin edi. SHu haqda fikringiz qanday?

- Har bir himoyachi o'yinni golsiz yakunlashni istaydi. Nima bo'lsa ham o'yin ortda qoldi. Gol o'tkazganimizdan afsusdaman. Keyingi uchrashuvda "quruq" o'yin o'tkazishga harakat qilaman. Jamoa sifatida eng yaxshi holatda emasmiz. Bugun guruh bosqichidan ko'ra ancha yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda bu narsa kuzatildi. 

- Mitomaning jamoaga qaytishi Yaponiyaga qanchalik foyda beradi? U asosiy tarkibda maydonga tushsa, jamoa ancha kuchli harakat qiladimi?

- Albatta. Mitoma bugun 20 daqiqacha o'ynadi. O'ylaymanki, keyingi bosqichda u to'liq uchrashuv o'tkaza oladi. Mitoma jamoaning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Keyingi o'yin qiyin bo'lishi aniq. 

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика