So’nggi yangiliklar

19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  0 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   4 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  1 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  0 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   1 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  10 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  12 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  7 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  2 12:38"Манчестер Юнайтед" Аюб Буадди билан шартнома имзолашга яқин турибди  6 12:13"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2

Takefusa Kubo Yaponiya termasining boshqa jamoalarda yo'q ustunligi haqida gapirdi Yangiliklar

Takefusa Kubo Yaponiya termasining boshqa jamoalarda yo'q ustunligi haqida gapirdi

Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Yaponiya va Bahrayn o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Real Sosedad" klubi va Yaponiya termasi futbolchisi Takefusa Kubo saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikringiz qanday? Qaysi jihatlar bo'yicha bugun guruh bosqichidagi o'yinlardan yaxshiroq harakat qildingiz?

- Guruh bosqichidan farqli ravishda bugun pressingni yaxshiroq amalga oshirdik. Raqib xato qilishga majbur bo'ldi. Uzun paslarni ko'p marta takrorladik. Guruh bosqichida uzatmalarda xatolarga yo'l qo'ygandik. Aynan shu jihatlar bo'yicha yaxshi ko'rindik.

- Yaponiya terma jamoasi guruh bosqichidan keyin yaxshiroq tomonga o'zgardimi?

- Biz o'zgarmadik. Musobaqaning birinchi kunidan qanday holatda bo'lsak, hali ham shunday. To'g'ri, kuchni biroz taqsimlayotgan bo'lishimiz mumkin, bu normal holat. Musobaqa oldidan barcha Yaponiyani turnir favoriti deb atayotgandi, hozir ham hech narsa o'zgarmadi. Biz har bir uchrashuvga bor etiborimizni qaratamiz. Bu o'yinga qadar olti kun dam olgandik, hozir esa keyingi uchrashuvgacha ikki kun vaqtimiz bor. Osiyo kubogida qanday o'ynash kerakligini bilamiz. Oxiriga qadar kurashib, chempion bo'lishni maqsad qilganmiz.

- Bu kabi katta musobaqalarda nafaqat taktik yoki texnik jihatlar, balki jismoniy holat ham asosiy planga chiqadi. Avstraliya va Koreya Respublikasi jismonan juda kuchli ko'rindi. Yaponiya terma jamoasi ham jismoniy holati bilan maqtana oladimi?

- Biz jismonan va ruhan kuchlimiz. Biroq Yaponiya terma jamoasining eng kuchli jihati bu tarkibda turli uslubda o'ynay oladigan futbolchilarning borligi. Istalgan o'yinchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlay oladi. Boshqa jamoalarga taqqoslaganda, aynan shu jihat bo'yicha ustunlikka egamiz. Oldinda bor-yo'g'i ikki kun vaqtimiz bo'lsa ham tarkibdagi bazi futbolchilarni o'zgartirib, chorak final o'yiniga to'liq tayyor bo'lamiz.

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика