So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Bu erga etib kelgan barcha jamoa kuchli va tartibli o'yin namoyish etadi" Yangiliklar

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Bu erga etib kelgan barcha jamoa kuchli va tartibli o'yin namoyish etadi"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Vetnam uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi Vorravut SHrimaka va jamoa sardori Kritsada Kaman qatnashdi.

- Musobaqaga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Bizning jamoa shakllangan holda etib kelgan, dastlabki o'yinga yuz foiz tayyormiz. Imkonimiz boricha chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Sizningcha, dastlabki uyin qanchalik muhim ahamiyatga ega va shogirdlaringizning o'yinga tayyorgarligi qay darajada?

- Bu uyin biz uchun juda muhim, sababi musobaqani uch ochko olgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlab olish zarur va bunga mening jamoam tayyor.

- Raqibingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Vetnam jamoasi juda jiddiy raqib, ammo raqibga hurmat saqlagan holda shuni ayta olamanki, biz g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Guruhdagi raqiblaringiz potenciali haqida nima deya olasiz?

- Bu erga etib kelgan barcha jamoa kuchli va tartibli o'yin namoyish etadi, ammo barchasi turlicha tayyorgarlik ko'rgan.

- Jamoangizning kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Ko'rib turganingizdek, jamoamizda mahalliy va legioner futbolchilar bor. Futbolchilarimiz Evropaning top jamoalariga yo'l olib, u erda 

asosiy tarkibda maydonga tushishini istayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика