So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  9 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  1 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  22 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  18 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Superliga. "So'g'diyona" qo'shib berilgan daqiqada urgan goli evaziga "Qizilqum" maydonidagi mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" qo'shib berilgan daqiqada urgan goli evaziga "Qizilqum" maydonidagi mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Qizilqum

Muhammadali G'iyosov - 73'

Superliga. 18-tur

13/09/2024, 18:15

1
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Oleg Zoteyev - 90'

45'
90'
61'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (Giorgi Kuxianidze)
70'  Nikolay Tarasov
71'  Baxtiyor Qosimov (SHahzod Rahmatullaev)
73'  Muhammadali G'iyosov
73'  Ilhom Vahobov
80'  Giorgi Kuxianidze
87'  Fayzullo Qambarov (Samandar Shukurullayev)
90'  Elguja Lobjanidze
46'  Sardorbek Hoshimov (Samandar Mavlonqulov)
46'  Stanislav Andreyev (Muhammadsafo Fozilov)
69'  Alisher Salimov (ZHasur YOqubov)
83'  Umidbek Sultonov (Samandar Sindarov)
87'  ZHasur YOqubov
90'  Oleg Zoteyev
90'  Lupche Doriev

"Qizilqum" – "So'g'diyona" 1:1

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:15

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov

VAR: Ibrohim Sultunov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Zaxira hakami: Umid Nutfulloev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: 1:0 — 73, Muhammadali G'iyosov (Ilhom Vahobov), 1:1 — 90+3, Oleg Zoteev (Lupcho Doriev). 

"Qizilqum": 12.Robert Ozols, 4.Ilhom Vahobov, 6.Asror G'afurov, 10.Elguja Lobjanidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 14.Fayzulla Qambarov (23.Samandar SHukurullaev, 87), 17.Muhammadali G'iyosov, 18.Baxtiyorjon Qosimov (22.SHahzodbek Rahmatullaev, 71), 25.Azizbek Usmonov, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (8.Giorgi Kuxianidze, 61).

Zaxira: 1.Humoyunshox Sayyotov, 2.Farruh Jo'raev, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 79.Diyor Raxmatilloev.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 6.Alisher Salimov (5.Jasur Yoqubov, 69), 14.Lyupcho Doriev, 23.Suhrob Izzatov, 28.Stanislav Andreev (7.Muhammadsafo Fozilov, 46), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev, 68.Sardorbek Hoshimov (9.Samandar Mavlonqulov, 46), 99.Umidbek Sultonov (17.Samandar Sindarov, 83).

Zaxira: 1.SHohruh Isoqov, 22.Aleksey Nosko, 34.Dilshod Misiraliev, 43.SHerzod Mirzajonov, 82.Fazliddin Omonkeldiev.

Ogohlantirish: Nikolay Tarasov (70), Giorgi Kuxianidze (80), Jasur Yoqubov (87), Elguja Lobjanidze (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

Gol inobatga olindi. 

90+3. GOL! Zoteev Dorievning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasining uzoq burchagiga joylab qo'yib, hisobni tenglashtirdi! VAR vaziyatni tekshirmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Yoqubov raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

87. "Qizilqum"da o'zgarish.

83. "So'g'diyona"da o'zgarish.

80. Kuxianidze qarshi hujumga o'tib ketayotgan Mavlonqulovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

73. GOL! Muhammadali G'iyosov ajoyib zarba bilan uchrashuvda hisobni ochdi! "Qizilqum" futbolchisi chap qanotdagi Vahobovning uzatgani to'pini to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

71. "Qizilqum"da o'zgarish.

70. Tarasov "So'g'diyona" futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi.

69. "So'g'diyona" o'zgarishga qo'l urdi.

66. "Qizilqum"ning hujumi Tarasovning zarbasi bilan yakunlandi, noaniq.

63. Mavlonqulovning chap qanotdan uzatmasi hech kimga tegmasdan yon chiziqni kesib o'tdi.

61. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi. 

55. "So'g'diyona" chap qanotdan xavfli hujum tashkil etdi, uzatmani mezbonlar himoyachisi qaytardi.

51. Mitrovichga nisbatan hujumda qoidabuzarlik ishlatildi.

48. SHulayaning standartdan uzatmasini Mavlonqulov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "So'g'diyona" taymni ikki o'zgarish bilan boshladi.

Taym yakunlandi.

45+1. Xavfli vaziyat! G'iyosov Jumanqo'zievni qulay vaziyatga olib chiqdi, uning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli vaziyat! Lobjanidzening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qarshi hujumda esa "Qizilqum" darvozaboni jarima maydonidan tashqariga chiqib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.

40. GOL! Doriev "Qizilqum" posboni bilan birga-bir vaziyatda to'pni uning ustidan oshirib, darvozaga joylab qo'ydi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

39. Jumanqo'ziev madon markazida Salimov tomonidan yiqitildi.

36. G'iyosov "So'g'diyona" jarima maydoni yonida yiqitildi, biroq u o'yindan tashqari holatda ekanligi malum bo'ldi.

33. Hoshimov SHulayaga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi. 

28. Endi Andreevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u SHulaya bilan to'qnashdi.

26. Usmonov Sultonov bilan to'qnashib ketdi, unga kichik yordam ko'rsatildi.

21. Xavfli vaziyat! Standart vaziyatda uzatilgan to'pga mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonida zarba yo'lladi, biroq zarba kuchi yuqori bo'lmagani bois  Mitrovich to'pni egallab oldi.

17. Xavfli vaziyat! Sultonov yana raqib jarima maydonida zarba yo'llashga urinib ko'rdi, biroq u ko'ngildagidek urinish amalga oshira olmadi, qolaversa, u o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

14. Xavfli vaziyat! Sultonov raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, Ozols mahoratini namoyish etdi.

14. SHulayaning zarbasiga aniqlik etishmadi.

12. "Qizilqum"ning tezkor qarshi hujumi G'iyosovning zarbasi bilan yakunlandi, to'p "So'g'diyona" futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. Doriev raqib jarima maydoni ichida "Qizilqum" himoyachilarini aldashga kirishib ketdi, biroq yakunda to'pni yo'qotdi.

8. Mehmonlar tomonidan tashkil etilgan hujum yakuniga etmadi. Mezbonlar darvozaboni to'pni egallab oldi.

5. Xavfli vaziyat! Qanotdan oshirilgan to'pga Qambarov bosh bilan zarba yo'lladi, Mirovich o'z mahoratini namoyish etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика