So’nggi yangiliklar

09:36«Манчестер Сити» қишда Родрини ўрнини босиш учун кимни сотиб олиши маълум  1 09:06Погба фаолиятини Лондон клубида давом эттириши мумкин  2 08:31Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  3 08:20"Ланс" сафарда ишончли ғалабага эришди. Ҳусанов бошлаб берган ҳужумни Нзола гол билан якунлади  5 08:01Драган Черан фаолиятини Тошкентнинг бошқа клубида давом эттириши мумкин  3 07:34Суперлига. Бугун мавсумнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  8 02:37Франция. "Ланс" сафарда "Реймс"ни мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  23 02:02Туркия чемпионати. "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  1 01:11Ханс-Дитер Флик "Барселона"нинг 125 йиллик юбилейи ҳақида: "Клубдан-да юқорироқ"  6 00:33Расман: Руд ван Нистелрой - "Лестер" бош мураббийи!  1 00:07"Ланс" арманистонлик ҳимоячини трансфер қилмоқчи  4 23:08Йилнинг энг яхшиларини ким аниқлайди?  4 22:47Пеп Гвардиола: "Тезда қайтамиз, кўнглим сезяпти"  9 22:22Де Брюйне ёзда "Сити"дан кетади, унга бир талай харидорлар бор  4 21:44Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан ишончли ғалаба, Роналдудан дубль!  50

Superliga. "Paxtakor"ga bitta o'yinga qarab baho bermaylik. Abramovning "Dinamo"si ko'rinmadi, "Bunyodkor"ga esa rotaciyalar kerak Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor"ga bitta o'yinga qarab baho bermaylik. Abramovning "Dinamo"si ko'rinmadi, "Bunyodkor"ga esa rotaciyalar kerak

Fevral oyida O'zbekistonda boshlangan katta futbol bayrami muxlislarga tatimagan, ko'ngillari to'lmagandi. Stadion sog'inchi ularni hamon bezovta qilayotgan pallada 1 mart sanasidan etiboran Superliga o'yinlariga start berildi.

Odatda bahorgi uyg'onish ayrim jamoalarda tezroq, yana bazilarida juda sekin yuz beradi. Mavsumning debochasi ham shunday taassurot qoldirdi. Quyida esa o'zim ko'rgan o'yinlar haqida fikrlarimni bayon qilaman. 


"Navbahor" - "Dinamo" 3:1

- O'zbek futbolidagi nomlar yani Babayan va Abramov to'qnashuvi Namangandagi ochilish o'yiniga to'g'ri keldi. Bir yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan "Dinamo"dan ko'p narsa kutilayotgani rost. Abramov qishda o'z uslubiga mos jamoani yig'di. Lekin birinchi o'yin shuni ko'rsatdiki, Abramov hali o'z jamoasini shakllantirib bo'lmagan. Garchi shu kuni tarkibda bir nechta yo'qotishlar bo'lsada murabbiy o'zi aytganidek bahona bo'la olmas edi. Samvel Babayan jamoasi esa OCHLdagi uchrashuvlar orqali o'yin tonusiga kirib olgani yaqqol sezildi. SHu kuni "lochinlar" ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo'lga oldi va birinchi bo'limda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Abramov boshqargan jamoalar qanday raqib bo'lmasin o'yinni nazorat qilishga, o'z o'yinini o'tkazishga va to'pni ushlashga intiladi. Samarqand jamoasi 27, "Navbahor" 73 foiz to'pga egalik qildi. "Dinamo" darvoza tomon zarba ham yo'llagani yo'q, bu ko'rsatkichda ham mezbonlar dominantlik qildi 6/2. Hujumlar/ xavfli hujumlar 60/34 - 30/13. Yuqoridagi gap o'z tasdig'ini topdi, bu Abramov jamoasiga mutloq hos bo'lmagan raqamlar. "Navbahor"da o'ng qanot ancha faol bo'ldi. Birinchi va ikkinchi gol aynan o'ng qanoti orqali yuzaga keldi. Birinchisida Boltaboev, ikkinchisida Abror Ismoilov katta ishni qilib berdi. "Dinamo" ikkinchi bo'limda biroz o'yinni o'zgartirdi va 1ta aniq zarba yo'lladi, o'sha golga aylandi. Umuman 99 daqiqa ichida raqib darvozasiga 1ta aniq zarba yo'llash kam emasmi? Abramov jamoasi qandaydir raqibdan qo'rqib o'ynagandek taassurot qoldirdi. "Navbahor"da hujumlarni boshlashda shunchaki mahorat sezildi. Hozir O'zbekistondagi eng kuchli yarim himoya Namanganda jamlangan. Bu esa muhim faktor hisoblanadi. 

"Lochinlar" uchun dastlabki 4ta tur qulay raqiblarni taqdim qildi. Jamoa 9 mart kuni uyda OKMKni qabul qilsa, 17 mart kuni "Bunyodkor" maydoniga sayohat qiladi va martni "Surxon"ga qarshi bahs bilan yakunlaydi. Bundan ideal taqvim bo'lmasa kerak. "Dinamo"ni keyingi ikki turda jiddiy sinovlar kutib turibdi. 10 mart kuni Jizzaxda "Neftchi"ni qabul qiladi va oradan 7 kun o'tib Olmaliqqa boradi. "Metallurg"ning "Lokomotiv"ga qarshi ko'rsatgan o'yini bo'lsa, 4-turda "Dinamo"ni ham yutib qo'yishi hech gap emas. 

"Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:3

- Bu uchrashuvda "Bunyodkor" to'liq murabbiyning xatosi evaziga yutqazdi. Bubalo jamoani o'yinga tayyorlay olmagani ko'rinib turdi. Jamoaning markaziy himoya va darvoza chizig'iga savollar etarlicha. So'nggi yillarda O'lmasaliev va Ergashev bu chiziqda yaxshi tandem hosil qilgandi. 2ta gol ham aynan ikkinchi qavatdagi xatolar sabab urildi. Bubalo "Andijon" bilan o'yinda darvoza chizig'ida ham rotaciya qilishi va Sarvar Karimovga imkoniyat berishi kerak.

Jamshid Saidov esa o'tgan yildagi kabi bu safar ham mehmonda "qaldirg'ochlar"ni qiynadi. Hujumchisiz harakat qilgan jamoa vingerlar va yarim himoyachilardan samarali foydalana oldi. Jo'rabekov "Navbahor"da aniq vazifa va funkciyada harakat qilgan bo'lsa, "Qizilqum"da u erkinroq harakat qildi, kreativ hislatlarini ishlata oldi. 

"Bunyodkor"ning keyingi uchrashuvlari:

10 mart. 2-tur. "Andijon" - "Bunyodkor"

17-mart. 3-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 

29 mart. 4-tur. OKMK - "Bunyodkor"

"Qizilqum"ning keyingi uchrashuvlari:

2-tur. 11.03.2024. "Qizilqum" - "Surxon" 

3-tur. 16.03.2024. "Nasaf" - "Qizilqum"

4-tur. 29.03.2024. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

"Lokomotiv" - "Metallurg" 2:2

- Yangilangan "temiryo'lchilar" tarkib o'zagini saqlab qolgan "Metallurg" bilan durang o'ynadi. SHaxsan menga shu kuni bekobodliklar ko'rsatgan o'yin manzur keldi. Jamoa 1-goldan keyin yo'qolib qolmadi va o'z o'yinini raqibga o'tkaza oldi. "Loko" raqib darvozasiga 2ta aniq zarba yo'lladi va 2tasi aniq bordi. "Metallurg"ning asosiy xatosi 80-daqiqadan so'ng o'yinni tashlab yuborgani bo'ldi. Balki bu jismoniy yoki ruhiy holat bilan bog'liqdir. Lekin umumiy fonda Steshevich jamoasi kuchliroq ko'rindi. 

"Lokomotiv"ga esa vaqt kerak. Jamoa o'z o'yinini hali topib olmagan. SHu kuni jamoa individual mahorat evaziga 2ta gol urdi va bir ochkoga ega bo'ldi. Sanjar Tursunov va Anzur Ismoilovning qaytishi ham ko'p narsani o'zgartirishi mumkin. Etiborli tomoni bir jamoa futbolchilari bir-biri bilan tortishib yuribdi. Bunday pallada etakchilar ruhiy tomonlama oldinga boshlay olishi zarur. Jamoa uchun taqvim oson kelmagan. Oldinda Kapadzening "Olimpik"ki, so'ng amaldagi chempion "Paxtakor" va ancha shakllanib olgan "Qizilqum" raqiblik qiladi. 

"Lokomotiv"ning keyingi uchrashuvlari: 

2-tur. 09.03.2024. "Olimpik" - "Lokomotiv" 

3-tur. 14.03.2024. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

4-tur. 29.03.2024. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

"Metallurg"ning raqiblari: 

2-tur. 08.03.2024. "Metallurg" - "So'g'diyona" 

3-tur. 15.03.2024. "Neftchi" - "Metallurg"

4-tur. 28.03.2024. "Dinamo" - "Metallurg"

"Surxon" - "Paxtakor" 0:3

- "Paxtakor"ga bitta o'yin va kuchsizlangan "Surxon" fonida qo'lga kiritilgan g'alaba bilan baho bermaslikni so'rab qolardim. Yaxshi tomoni shuki, jamoa tarkibdagi o'zgarishlarga qaramay o'yin sifatini o'zida saqlab qola olgan. Hamrobekovdan so'ng aynan o'yin tizimi qanday bo'lar ekan, deb o'ylagandim. SHackix maydonga tashlagan Hamdamov, CHeran, Xoldorxonovdan samara chiqara oldi. CHeranning goliga Xoldorxonov, Hamdamovning goliga CHeran, CHeranning goliga Hamdamov assistentlik qildi. Bu mashg'ulotlarda ishlanadigan jarayon hisoblanadi. Jamoaning haqiqiy kuchiga ertaga baho beramiz. 

"Surxon" o'tgan yilgidek emas. Futbol o'ynaydigan, 90 daqiqa raqibga pressing qiladigan jamoani ko'rmadik. Yana o'sha Nimeliga ishonilib, bitta pas bilan vaziyatga olib chiqish maqsad qilingan bo'lsa, yana qiynalishadi. Siz bu yil yaratgan yangiligingizga ikkinchi yil jamoalar himoya qurolini ishlab chiqib bo'ladi. Yangi uslub yaratish yaxshi, lekin uni rivojlantirmaslik xato. 

"Paxtakor"ni oldinda kutayotgan o'yinlar: 

2-tur. 08.03.2024. "Paxtakor" - "Nasaf"

3-tur. 14. 03.2024. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

4-tur. 30.03.2024. "Paxtakor" - "So'g'diyona"

"Surxon"ning bo'lajak raqiblari: 

2-tur. 11.03.2024. "Qizilqum" - "Surxon"

3-tur. 16. 03.2024. "Surxon" - "Andijon"

4-tur. 31.03.2024. "Navbahor" - "Surxon"

"So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2

- Ivan Boshkovich o'z jamoasini qurishga qiynalayotgandek taassurot qoldirmoqda. CHernogoriyalik mutaxassisdan hamma "Bunyodkor"dagi natijani kutmoqda. Lekin "So'g'diyona" umuman boshqa falsafaga, ruhga ega jamoa. "Bunyodkor"da yoshlar akademiyadan talim olib birga katta bo'lgan va bir-birini so'zsiz ham tushana oladi. Bu esa murabbiylarga engillik berardi. Qolaversa, "So'g'diyona" qishda top transfer amalga oshirmadi va o'rtamiyona o'rinlar uchun yig'adigan yaxshi tarkib yig'di. Boshkovichga uchun hali yana vaqt kerak bo'ladi. 

 "Neftchi" esa o'yin va tarkib borasida kuchliligi ko'rindi. O'tgan yillarda jamoaning yarim himoyasida pleymeyker Lutfulla To'raev bo'lgan bo'lsa, bu yil Jaloliddinov mazkur vazifani bajarmoqda. Nazorat o'yinlari va "So'g'diyona"ga qarshi o'yinni ko'rsak ham bunga guvoh bo'lamiz. Hujumda esa Nsungussi va Norchaev bor. Levchenko o'zi istagan tarkibni yig'a oldi. 

"So'g'diyona"ning oldindagi uchrashuvlari: 

2-tur. 08.03.2024. "Metallurg" - "So'g'diyona"

3-tur. 15. 03.2024. "So'g'diyona" - "Olimpik"

4-tur. 30.03.2024. "Paxtakor" - "So'g'diyona"

"Neftchi"ning keyingi 3ta uchrashuvi: 

2-tur. 10.03.2024. "Dinamo" - "Neftchi"

3-tur. 15. 03.2024. "Neftchi" - "Metallurg"

4-tur. 31.03.2024. "Olimpik" - "Neftchi"


Bu fikrlar faqat 1-turda jamoalar ko'rsatgan o'yin va natijalardan kelib chiqib bildirildi. Oldinda bizni qaynoq 2-tur kutmoqda. Ko'ramiz va kuzatamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика