So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Superliga. "Navbahor" minimal hisobda "Lokomotiv"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" minimal hisobda "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Superliga 19-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Superliga

19-tur

"Lokomotiv" – "Navbahor" 0:1 

Gol: 78 - Komiljon Tojiddinov

20 sentyabr. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni. 17:00

Bosh hakam: Nikita Mustafin

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Xayriniso Erkinova

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Qudrat Madrayimov

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 3.Valeriy Kichin, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev (22.Muhammadanas Hasanov,80), 10.SHodiyor SHodiboev (11.Konstantin Bazelyuk, 74), 15.Jasurbek Hakimov, 17.Sanjar Tursunov, 70.Abubakr Rizo Turdialiev, 72.Rustam Xolnazarov ( 27.Sobit Sindarov,63), 97.Mixail Gashchenko ( 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 74).

Zaxira: 32.Suhrobjon Sultanov, 6.Ozodbek O'ktamov, 28.Quvonchbek Abraev, 33.Ibrohimjon Qurbonov, 55.Anzur Ismoilov.

"Navbahor": 18.Eldor Suyunov, 7.Azim Ahmedov ( 20.Muzaffarxon Mo'minov,90), 8.Siavash Haqnazari, 10.Jamshid Iskanderov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Toma Tabatadze (71.Navro'zbek Iminjonov, 68), 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulhaev ( 55.Komiljon Tojiddinov, 46), 77.Abror Ismoilov (17.Ruslanbek Jiyanov, 68).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Abror Karimov, 11.Sardor Rashidov, 21.Giorgi Nikabadze,88.Asadbek Jo'raboev.

Ogohlantirish: 3 - Sardor Abdunabiev, 57 - Saidazamat Mirsaidov

CHetlatish: 67 - Jasurbek Hakimov


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+6. Turdalievning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

90+2. Mo'minov maydonga tushdi, Ahmedov zaxiraga olindi

90+2. Ahmedovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

Hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berdi

89. Muhammadanas Hasanovning uzoqdan yo'lagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

80. Abdunabievning o'rniga Hasanov tushdi

78. GOOOL. Lushaning zaxiradan tushirgan futbolchilari "katta sahna"ga chiqishdi. Jiyanovning uzatmasi markazdagi himoyachiga tegib, Tojiddijovga bordi. Futbolchi esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi

76. Jiyanovning zarbasi ancha noaniq ketdi

74. Bazelyuk va Yo'ldoshev maydonga tushdi, ular Gashchenko va SHodiboevni alishtirishdi

73. Iskandarovning ajoyib uzatmasidan so'ng Haqnazari to'pga yaxshi zarba yo'llay olmadi

68. O'zgarish: Ismoilov va Tabatadze maydoni tark etdi, ularning o'rniga Iminjonov va Jiyanov tushdi

67. CHetlatish: VAR hakami Mustafini chaqirdi. Hakimovning sariq kartochkasi qizilga aylandi. Yaxshi o'yin ko'rsatayotgan mehmonlar bir kishi kam bo'lib qoldi

63. Rustam Xolnazarovning o'rniga Sobit Sindarov maydonga tushdi

60. Mezbonlarda navbatdagi hujum. Abdunabievning zarbasini Suyunov qaytardi

59. Kichining zarbasini Suyunov qiyinchiliksiz ushlab oldi

57. Ogohlantirish: Saidazamat Mirsaidov hakam tomonidan ogohlantirildi

53. SHodiboev raqib maydonchasiga ajoyib tarzda kirib bordi va to'pni uzatdi. Biroq Gashchenkoning ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi

52. Abdurashidovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Ikkinchi bo'limda jamoalar uzoqdan zarbalar yo'llashga intilishmoqda

50. Azimjon Ahmedovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

46. O'zgarish: Tojiddinov Abdulxaevning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqada qo'shib berdi

40. Mehmonlarning navbatdagi hujumlarini tashkil qilishdi. Bu safar mezbonlar sardori Sanjar Tursunov yaxshi harakat qildi

36. Temp ancha oshdi. Endi mehmonlar ajoyib imkoniyatni "ko'kka sovurishdi". Haqnazari bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'ya olmadi

35. Hakimov raqib maydonchasiga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Abdunabievning oyoqlari to'pga etmadi. Mezbonlarning ajoyib imkoniyati golsiz yakunlandi

32. Boltaboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

30. Turdaliev raqib maydonchasiga yaxshi kirib bordi, biroq uzatma qilishga ulgurmadi

27. Qanotdan uzatilgan super uzatmadan so'ng Hakimov ajoyib imkoniyatdan foudalana olmadi. Zarba noani ketdi

17. Iskandarovning ajoyib uzatmsidan so'ng Haqnazari to'pga etib kela olmadi, ushbu vaziyatda darvozabon yaxshi harakat qildi

6. Toshkentliklarning ilk hujumi. Abdunabievning uzatmasini SHodiboev darvozaga joylab qo'yishga harakat qildi, biroq Suyunov yaxshi harakat qildi

3. Ogohlantirish: Sardor Abdunabiev ogohlantirildi

2. Haqnazari raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasini darvozabon ushlab oldi

 

Uchrashuv boshlandi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика