Superliga. "Buxoro" – "Neftchi" 0:0 (matnli translyaciya)
07 noy 18:50
Yangiliklar
Superliga. "Buxoro" – "Neftchi" 0:0 (matnli translyaciya)
Superliga
28-tur
"Buxoro" – "Neftchi" 0:0 (LIVE)
Buxoro. "Buxoro" futbol akademiyasi. 18:00
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 6.Ravshan Xayrullaev, 10.Azizbek Amonov, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev, 19.Bilol Tupliev, 92.Nikita Karpenko, 95.Nodir Ahmadjonov.
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 11.Quvondiq Ro'ziev, 15.Shahzod Nematjonov, 22.Alisher Odilov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 33.Shohruh Yoqubjonov, 70.Silvanus Nimeli, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Ogohlantirish: Zoran Marushich (31).
MATNLI TRANSLYACIYA
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi — 0:0. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
40. Zarbaaa! Ismoilov Ikichni chiroyli usulda ortda qoldirib, o'ng qanotdan ichkariga yorib kirdi va zarba berdi, Boymurodovdan seyv!
35. Ismoilovning uzun pasidan so'ng to'p buxorolik himoyachilarga etib keldi va ular to'pni darvozabon Boymurodovga topshirishdi.
31. Yana Chiryak yiqitildi, bu safar Marushich aybdor va unga sariq kartochka berildi.
30. Ismoilov hujumda to'pni to'xtataman deya Chiryakka nisbatan qoidani buzdi.
26. Zarbaa! Aliboevning chamasi 15 metrdan yo'llagan aylanma zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
26. Ismoilov - Iskanderov - Marushich kombinaciyasi hujumchining o'xshamagan pasi orqali yakun topdi, narigi qanotda Yovovich bir o'zi ochilib borayotgandi.
22. Uuux! Jo'rabekovning zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali Begichga etib keldi, uning zarbasi ustunga tegib qaytdi, biroq shu vaqtda ofsayd borligi elon qilindi.
20. Ciger ehtiyotsizlik oqibatida Begichni yiqitdi, jarima zarbasi.
19. Bu gal Ciger maydon markaziga yaqin hududda Amonov bilan to'qnashib ketdi, hakam davom etayotgan o'yinni biroz to'xtatib turdi.
17. Po'latov qanotda Sayfiev bilan to'qnashdi va shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi.
13. Uuux! Jo'rabekovning qulay pasidan so'ng Amonov qulay nuqtadan erlatib zarba yo'lladi, noaniq.
11. Tajribali Yovovich hujum vaqtida Tomashevichni turtib yiqitdi.
8. Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini buxorolik himoyachilar uzoqlashtirishdi.
6. Yo'ldoshev qanotdan to'pni ichkariga oshirish istagida edi, ammo to'pni Ismoilovga oldirib qo'ydi.
2. Zarbaa! "Buxoro" uchrashuvni ancha faol boshladi. Hozirgi vaziyatda Po'latov olisdan darvozani poylashga urindi, noaniq.
1. Bahs boshlandi!
- Uchrashuv 18:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar