"Buxoro": Aleksandr Xomyakov bilan hamkorlik davom ettiriladi
21 dek 22:50
Yangiliklar
"Buxoro": Aleksandr Xomyakov bilan hamkorlik davom ettiriladi
"Futbol klubimiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Tomonlar o'rtasida ikki yillik yangi shartnoma imzolandi. Ushbu qaror klub rahbariyati tomonidan jamoaning barqaror rivoji, uzoq muddatli rejalari hamda professional yondashuvni saqlab qolish maqsadida qabul qilindi.
Aleksandr Andreevich o'z faoliyati davomida jamoada intizom, birlik va raqobatbardosh muhitni shakllantirdi. Uning tajribasi, zamonaviy futbolga bo'lgan qarashlari hamda masuliyatli yondashuvi klub oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Klub rahbariyati bosh murabbiyga bildirilayotgan ishonch to'liq ekanini takidlaydi va kelgusi mavsumlarda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilganini malum qiladi.
Shuningdek, futbol klubimiz faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelayotgan Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol associyaciyasi prezidenti Botir Komilovich Zaripovga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Futbol klubimiz kelgusida ham o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, muxlislar ishonchini oqlash va Buxoro futboli nufuzini yanada oshirish yo'lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar
Янги йилда супер лига ўйинларини ва МТЖмизнинг ЖЧ мундиалидаги ажойиб иштирокини кўриш, кузатиш ва завқ олиш ҳаммамизга насиб этсин!