So’nggi yangiliklar

17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  2 17:00Ўзбекистон кубоги. Финал. "Навбаҳор" - "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  39 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  11 15:30"Кристал Пэлас" - "Ливерпуль". Таркиблар эълон қилинди  3 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  6 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0 13:57"Пахтакор" - "Динамо" учрашувини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  7 13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  11 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  4 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  4 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  2 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0 11:16Мурод Исмоилов: “Финалда қайси жамоа ғалаба қозонса ҳам якунда футбол ютади”  0

Superliga-2024. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari Yangiliklar

Superliga-2024. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari

Teglar :  Superliga-2024
Superliganing 2024 yilgi mavsumida tanaffus yuzaga keldi.

Davralar oralig'idagi tanaffusdan foydalanib, diqqat markazida bo'lgan voqealar hamda fotosuratlarni etiboringizga havola etamiz.


Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki golni "Navbahor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov "Dinamo" darvozasiga urdi. 

Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki qizil kartochka "Olimpik" himoyachisi Akbar Abdurasulovga ko'rsatildi.

Navoiyning "Qizilqum" klubi "Bunyodkor" maydonida uchta to'p kiritib, uch ochkoni qo'lga kiritdi.

"Neftchi"ning nigeriyalik hujumchisi Nsungusi Effiong klub safidagi ilk rasmiy uchrashuvida dubl qayd etib, "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda jamoasiga uch ochko taqdim etdi.

 Superliganing 2024 yilgi mavsumidagi dastlabki nursiz durang Olmaliqda o'tgan OKMK — "Andijon" uchrashuvida qayd etildi.

"Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilov "Metallurg"ga qarshi bahsda jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etgan holda hisobni ochdi.

"Surxon" dastlabki turda "Paxtakor"dan javobsiz uchta to'p qabul qilib oldi.

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovning "Paxtakor" darvozasiga qo'l bilan urgan goli inobatga olinmadi. 

"Olimpik" futbolchilariga ketma-ket ikkinchi o'yinda qizil kartochka ko'rsatildi. Bu gal Asadbek Rahimjonov maydondan chetlatildi.

OKMK futbolchilari "Navbahor"ning navbatdagi standart vaziyatiga qarshi himoyalanmoqda.

"Andijon" o'z maydonida "Bunyodkor"ni uchrashuvda hisobni ochgan hujumchi Luka Zgurskiyning raqamiga mos hisobda tor-mor etdi.

Usmonali Ismonaliev mana shu qilig'i uchun qizil kartochka oldi.

Dastlabki ikki turdagi sharmandali mag'lubiyatlardan so'ng "Bunyodkor"ning xorvatiyalik bosh murabbiyi Ivan Bubalo istefoga chiqarildi.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilgan "Lokomotiv" hujumchisi Ivan Bulatovich xursandchiligini libosini echgan holda nishonladi. Qizig'i, u libosi ostidan xuddi shunday libosni kiygan edi.

"Metallurg"ga qarshi o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan "Neftchi" darvozaboni Sanjar Quvvatov bolboy bilan maslahatlashmoqda.

 "Sport" teleradiokanali operatori tomoshabinlar to'rtta gol guvohiga aylangan "So'g'diyona" — "Olimpik" uchrashuvidan dastlabki lavhalarni efirga uzatmoqda.

"Surxon" himoyachisi Egor Krimec va "Andijon" hujumchisi SHahrom Samiev o'rtasidagi uchrashuvdan keyin kichik janjal yuzaga keldi. Bosh hakam Asker Najafaliev ikkala futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

"Bunyodkor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangan Anvar G'ofurov dastlabki o'yinidayoq chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor"dan ochko tortib oldi.

OKMKning hujumkor yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov "Dinamo" darvozasiga jamoasining uchinchi to'pini kiritdi.

"Metallurg" jarima maydonida "Dinamo" futbolchisi Anvar Hojimirzaev yiqildi.

OKMK hujumchisi Xurshid G'iyosov "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

"Andijon" futbolchilari "Nasaf" darvozasiga urilgan golni shunday nishonlashdi.

"So'g'diyona" hujumchisi SHohruh Abdurahmonov "Paxtakor" maydonida raqib darvozasiga uchinchi golini urmoqda. Xet-trik qayd etgan futbolchi jamoasiga 3:2 hisobidagi muhim g'alabani taqdim etdi.

"Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze 90+5 daqiqada penaltidan "Surxon" darvozasiga to'p kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Olimpik" hujumchisi Alisher Odilov "Neftchi" darvozasiga uchrashuvdagi yagona golni urib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Suratdagi futbolchini toping. Qaysi uchrashuv ekanligini payqagandirsiz.

552 kunlik jarohatdan so'ng maydonga qaytgan "Bunyodkor" futbolchisi Tohir To'xtasinov "Dinamo"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi va oradan bir daqiqa o'tgach, qo'pollik uchun maydondan chetlatildi.

"So'g'diyona" — "Qizilqum" uchrashuvi boshlanish arafasida turibdi.

"Andijon" o'z muxlislari qarshisida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berdi.

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Lokomotiv"ga qarshi o'yindagi bahsli holatdan so'ng shogirdlarini, hakamlar esa mutaxassisning o'zini tinchlantirishga harakat qilmoqda. Mazkur o'yinda namanganliklar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi.

"Bunyodkor" futbolchisi Toni Yovich va uning yosh muxlisi

"Paxtakor" futbolchisi Behruz Asqarov "Metallurg"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. SHunga qaramay, mazkur bahsda poytaxtliklar ustun kelishdi.

"Nasaf" hujumchisi Zoran Marushich OKMK darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining safardagi 4:3 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi.

"Paxtakor" ustozi Maksim SHackix Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan Timur Kapadzega "Olimpik"ga qarshi bahs oldidan zarbof to'n kiydirdi. Uchrashuvda "sherlar" g'alaba qozondi.

"Neftchi" va "Andijon" o'rtasidagi uchrashuv arafasida stadion uzra samolyot parvoz amalga oshirdi.

Mazkur vodiy derbisida "Andijon" futbolchisi Farhod Sohibjonov super gol urdi.

Superliga to'purarlaridan biri Lyupche Dorievning "Navbahor" darvozasiga urgan goli ham jamoasining mag'lubiyatdan qutulib qolishiga yordam bera olmadi.

"Dinamo" darvozasini ishg'ol qilgan "Surxon" hujumchisi Ulug'bek Hoshimov golni shunday nishonladi.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng muxlislaridan biri bilan ko'rishdi.

"Olimpik" futbolchisi Ahmadullo Muqimjonov "Qizilqum" darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol qildi.

Dunyoning eng mashhur muxlislaridan biri "Bobur Arena"da "Metallurg"ga qarshi o'yn oldidan o'z uslubida muxlislarga salom yo'lladi.

Vodiy derbisidan o'rin olgan "Navbahor" — "Neftchi" uchrashuvining 90+4 daqiqasida Filip Ivanovich bosh bilan "Neftchi" darvozasiga to'p kiritib, jamoasiga muhim g'alaba taqdim etdi.

Kuchli yomg'ir bo'lishiga qaramay, OKMK — "So'g'diyona" uchrashuviga tashrif buyurgan tomoshabinlar 90 daqiqa davomida naq 8 ta gol ko'rishga muvaffa bo'lishdi.

"Paxtakor" etakchisi Dragan CHeran "Dinamo"ga qarshi o'yinda penaltidan hisobni ochdi.

Ilgiz Tantashev "Surxon" — "Nasaf" uchrashuvidagi bahsli holatni VAR monitori orqali ko'rib chiqmoqda.

"Bunyodkor" muxlislari "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda "Murod Aliev out" deb yozilgan bannerni ko'tarishdi.

"Andijon" muxlisi Hasanboy Do'stmatov klubning "Olimpik"ga qarshi safar uchrashuviga tashrif buyurdi.

"Ajdar" maydon chetida "Nasaf"ni "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda qo'llab-quvvatlamoqda.

"Paxtakor" darvozasboni Pavel Pavlyuchenko "Qizilqum"dan gol qabul qilib oldi.

"Neftchi" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasini OKMK darvozaboni Valijon Rahimov qaytara olmadi.

"So'g'diyona" hujumchisi Lyupche Doriev "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar Tursunov "Surxon" darvozasi tomon "qaychi" usuli zarba berishga urinib ko'rdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Olimpik"ga qarshi o'yinda burchak zarbasi amalga oshirmoqda.

"Surxon" yarim himoyachisi Behruz SHaydulov "So'g'diyona" ustidan qozonilgan g'alabadagi yagona golni urdi.

"Bunyodkor" — "Neftchi" uchrashuviga tashrif buyurgan futbol muxlislari.

Mazkur uchrashuvda "Neftchi" hujumchisi Husayn Norchaev jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

"Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda bosh qismidan jarohat olgan Bektemir Abdumannonov sherigi tomonidan uzatmagan shikastlangan tana azosi bilan zarba yo'llamoqda.

"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Olimpik" futbolchisi Ibrohim Ibragimov "Dinamo"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida jamoasiga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

"Neftchi" futbolchilari va muxlislari "Surxon"ga qarshi o'yinga hozirlanishmoqda.

"Paxtakor" — "Navbahor" uchrashuvida kuchlar teng keldi.

"Surxon" va "Metallurg" o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan "muxlis".

"Olimpik" va OKMK futbolchilari to'p uchun kurash olib bormoqda.

"Neftchi"ga qarshi o'yinga tashrif buyurgan "Nasaf" muxlislari.

"Navbahor" — "Qizilqum" uchrashuvini boshqarib borgan hakamlar maydonni xavfsizlik xodimlari yordamida tark etmoqda.

OKMK "Paxtakor" darvozasiga to'rtta gol urdi.

"Lokomotiv" darvozaboni Suhrob Sultonov "So'g'diyona"dan ikkita gol qabul qilib oldi.

"Olimpik"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan "Surxon" futbolchisi Nodirxon Nematxonov maydon chetida turgan bolboydan alamini oldi. Keyinchalik futbolchi bu harakati uchun uzr so'radi.

"Metullurg" darvozaboni Rahim Davronov "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqovni to'xtatib qolishga harakat qilmoqda.

"Andijon" muxlislari "Navbahor"ga qarshi vodiy derbisiga shay holatda.

O'g'il yoki qiz.

"Andijon"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoani tark etdi.

"Lokomotiv"ning yosh yulduzi Lazizbek Mirzaev Championat.asia fotografi bilan birga.

"Metallurg" himoyachisi Kerim Palich "Olimpik"ning futbolkasida yozilgan raqimiga monand gol urishiga to'sqinlik qila olmadi.

"Paxtakor" futbolchisi Doniyor Abdumannopov "Neftchi" jamoasiga jamoasining ikkinchi golini urmoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
07 iyu 08:46:42
Dilmurod Umarov
Jamoaning 90% dan yuqori qismini yoshlar tashkil etgan bo'lsa ham Paxtakor janoasi Oliy ligada 4chi o'rin,kubokda chorak finalga chiqqanligi men uchun sensatsiya bo'ldi,garchi Paxtakormuxlisi bo'lsam ham.Ikkinchi davrada ham yaxshi o'yinlar ko'rsatib,chempion bo'lishini va kubokni yutishini tilab qolaman.
+1   
07 iyu 07:09:03
Dilshod Nazarov
Andijon vs Bunyodkor oyinida Usmonali Ismonalievni Hazili esdan chiqipti
   
07 iyu 04:17:10
Косонсойчи1991FCRM_04
Энг эсда коларлими Навбахорни 3 :0га ютказгани ва Бабани кетгани булди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика