"Al Nassr" - "Al Vasl" uchrashuvi boshqa muddatga ko'chirildi. BAA delegaciyasi Saudiya Arabistoniga uchishni xohlamadi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 18:58
Ertaga o'tkazilishi kerak bo'lgan "Al Nassr" - "Al Vasl" bahsi boshqa muddatga ko'chirildi.

Dastlab ushbu bellashuv 2026 yil 26 oktyabr, dushanba kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan “Qirol Saud universiteti” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Al Vasl" klubining bazi legioner futbolchilari safarga chiqishdan bosh tortgan. Klub buni rasman parvoz bilan bog'liq muammolar deb asoslagan holda OFKga o'yinni ko'chirish iltimosi bilan murojaat qilgan

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-afc.com