"Dinamo" va "Paxtakor" hakamlardan jabr ko'rdi. Superliganing 22-turidagi hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
23 sen 2026, 16:44
Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining 22-turi doirasidagi o'yinlarda yuz bergan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

"Navbahor" – "Dinamo"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizning fikrimizcha, "Navbahor" o'yinchisi tajovuzkor xulq-atvorga yo'l qo'ygan. U to'pga o'ynash o'rniga, yerda yotgan futbolchining oyog'ini qasddan bosib olgan. Bu – qizil kartochka.

"Mashal" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam to'g'ri qaror qabul qildi va qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun "Paxtakor" o'yinchisini maydondan chetlatdi. Butsa tishlari ishlatilgan, yuqori kontakt, jarohat etkazish xavfi mavjud edi.

"Mashal" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Katta ehtimol bilan, VAR monitordagi hakamga to'p o'yindan tashqari holatda bo'lgan o'yinchiga aynan kimdan borganini ko'rsatgan. Biz yakuniy qaror – ofsaydga qo'shilamiz.

"Mashal" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

VAR to'g'ri aralashdi va hakamni monitor yoniga chorladi. "Paxtakor" hujumchisi to'pni darvoza tomon bo'ysundirib olmoqda va unda gol urish uchun yaqqol imkoniyat bor edi. "Mashal" o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatish qaroriga qo'shilamiz.

"Mashal" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Fikrimizcha, VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. "Mashal" o'yinchisi raqibining yuziga zarba berdi, shundan so'ng uning jamoasi hujumning ayni shu fazasida penalti ishladi. To'g'ri qaror – "Paxtakor" foydasiga jarima zarbasi belgilash va penaltini bekor qilish.

"Buxoro" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Mazkur vaziyatda hakamning qarorini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Biz bu yerda qoidabuzarlikni ko'rmayapmiz: har ikki futbolchi to'pga o'ynagan – to'g'ri, biroz og'riqli tarzda, ammo baribir bu oddiy o'yin holatidir.

"Andijon" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Dastlabki to'qnashuv, bizning nazarimizda, unchalik sezilarli emas edi, lekin "Nasaf" o'yinchisi yaqqol ravishda to'pni qo'li bilan o'ynagan. To'g'ri qaror – penalti.

"Andijon" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Andijon" o'yinchisi yaqqol ravishda qo'li bilan to'pga tomon harakat qilgan. To'p qo'l bilan o'ynalgani uchun penalti belgilash – to'g'ri qaror.

"Surxon" – "Qo'qon-1912"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Vaziyat 7-epizodga o'xshash, ammo baribir farq bor. Biz hujumchi ("Surxon" o'yinchisi) tomonidan qoidabuzarlikni ko'rmayapmiz, biroq himoyachining qo'li tabiiy holatda edi. Shu sababli bu vaziyatda penalti yo'q.

"So'g'diyona" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu rakurslardan qaraganda, hakam xato qilganini isbotlovchi hech qanday dalil yo'q. Biz hech qanday qoidabuzarlikka olib keluvchi kontaktni ko'rmayapmiz va o'zimizdan taxmin qila olmaymiz. Ushbu kameralardagi tasvirlarga ko'ra – o'yinni davom ettirish kerak.

"So'g'diyona" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

To'p uzatilgan vaqtda ofsayd yo'q edi. Biroq ikkinchi takroriy lavhadan so'ng, to'p 6-raqamli o'yinchining oyog'iga tekkandek tuyulmoqda. U holda ofsayd bo'ladi, lekin buni yuz foizlik aniqlik bilan aniqlashning iloji yo'q. Demak, hakamlar brigadasining qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.

VAR__22.09.2026.png

"So'g'diyona" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakamlar brigadasining qaroriga qo'shilamiz. To'g'ri, yakkakurash keskin kechgan: pastda "So'g'diyona" o'yinchisi to'pga o'ynamoqda, yuqorida esa raqibi bilan to'qnashib ketmoqda. Ammo, nazarimizda, penalti belgilash uchun asoslar etarli emas.

"Xorazm" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

VAR to'g'ri aralashdi. "Xorazm" o'yinchisi butsasining tishlari bilan raqibining boshiga zarba bermoqda. Bizningcha, qoidani jiddiy buzgani uchun qizil kartochka ko'rsatish – to'g'ri qaror.


Shu tariqa, Superliganing 22-turi o'yinlarida hakamlar ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia