So’nggi yangiliklar

23:08Йилнинг энг яхшиларини ким аниқлайди?  0 22:47Пеп Гвардиола: "Тезда қайтамиз, кўнглим сезяпти"  4 22:22Де Брюйне ёзда "Сити"дан кетади, унга бир талай харидорлар бор  4 21:44Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан ишончли ғалаба, Роналдудан дубль!  45 21:13Туркия. Турғунбоев "Антальяспор" - "Сивасспор" баҳсини захирада бошлайди  0 20:47Ортиқхўжаев истаган "Пахтакор" шуми?  11 20:21"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши футболчиси ким бўлади?  41 20:11"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  7 19:57Родриго муддатидан аввал майдонга қайтади  0 19:40Ўзбекистоннинг ҳозирги терма жамоаси тарихдаги энг кучлисими? Сервер Жепаров жавоб берди  50 19:24"Энг зўр-2024". Аёллар футболи бўйича йилнинг энг яхши мураббийи, Ўзбекистоннинг энг яхши аёл футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди  2 18:58Флик Ямаль қачон майдонга қайтишини маълум қилди  1 18:30Беллингем: "Мбаппе ўзининг даражаси туфайли "Реал"да жуда катта босим остида"  35 18:08Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида "Чиғатой"ни мағлуб этди  0 17:50Ван Дейк "Реал"нинг қизиқишлари ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  7

Superliga-2024: 3-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga-2024: 3-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Kecha, 17 mart kuni O'zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsumi 3-turi o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 3-tur doirasida o'tkazilgan 7 o'yinda jami 9 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: «Lokomotiv» – «Paxtakor» uchrashuvi, penalti. VIDEONI KO'RISH 

Turning dastlabki bahsi 36-daqiqasida «Lokomotiv»ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan vaqtida «Paxtakor»ning 22-raqamli azosi U. Adhamzoda bilan kontakt sodir bo'lgan va hujumchi jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam Rustam Lutfullin 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan, VAR hakami ham uning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyalanayotgan jamoa futbolchisi raqibini chalib yuborgan. Penalti to'g'ri qo'yilgan, hakamning qarori to'g'ri deb topildi.

2-vaziyat: «So'g'diyona» – «Olimpik» bahsi, ehtimoliy fol. VIDEONI KO'RISH 

Jizzaxdagi bahsning 44-daqiqasida mezbonlar hujumi avvalida ikki jamoa vakillari to'qnash kelgan va to'p «So'g'diyona» futbolchisining qo'liga tekkan. SHundan so'ng, mezbonlar hujumni gol bilan yakunlagan. Dastlab, 2-yordamchi hakam bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etgan, biroq keyinchalik VAR hakamlari ofsayd chizig'ini chizish orqali gol toza urilganini qayd etishgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Dastlabki vaziyatda «So'g'diyona» futbolchisining qo'li tabiiy holatda. Aksincha, «Olimpik» futbolchisi qoida buzmoqda. SHunday bo'lsa ham, to'p mezbonlarda qolgani sababli bosh hakam o'yinni to'xtatmagan. Gol urilgan vaziyatda ofsayd yo'q. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

3-vaziyat: «So'g'diyona» – «Olimpik» o'yini, penalti. VIDEONI KO'RISH 

Ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida «So'g'diyona»ning 22-raqamli futbolchisi «Olimpik» azosining oyog'ini bosib olgan. SHundan so'ng, bosh hakam Firdavs Norsafarov 11 metrli jarima zarbasi belgilagan. VAR hakamlari ham uning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi raqibining oyog'ini oyoq kiyimning tag qismi bilan bosgan va bu penaltiga sabab bo'lgan. Hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

4-vaziyat: «So'g'diyona» – «Olimpik», bekor qilingan penalti. VIDEONI KO'RISH 

Uchrashuvning 84-daqiqasida «Olimpik» futbolchisi raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketib, yiqilgan. Dastlab bosh hakam penalti belgilagan, biroq keyinchalik VAR hakamlari yordami bilan bunga o'zgartirish kiritilib, fol jarima maydonchasi ichida emas, tashqarisida bo'lgani qayd etilgan hamda jarima zarbasi belgilangan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Fol jarima maydonchasi tashqarisida sodir etilgan. VAR vaziyatga aralashib to'g'ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

5-vaziyat: «So'g'diyona» – «Olimpik» uchrashuvi, ehtimoliy penalti. VIDEONI KO'RISH 

Jizzaxdagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar azosi Zoteevning zarbasi jarima maydonchasi ichida «Olimpik» azosining qo'liga tekkan. Bosh hakam uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan. Biroq keyinchalik etirozlarga chek qo'yish maqsadida VAR monitori yoniga borgan. Takrorlarni ko'rib chiqqan Norsafarov qarorini o'zgartirmagan va o'yin davom ettirilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Himoyachining qo'li tanaga yopishib, tabiiy holatda turibdi. Bu vaziyatda bosh hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qilgan. VAR takrorlarida ham bu qaror to'g'riligi o'z tasdig'ini topgan. Hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

6-vaziyat: «Surxon» – «Andijon» bahsi, penalti. VIDEONI KO'RISH 

O'yinning 34-daqiqasida andijonliklar jarima zarbasini ijro etgach, «Surxon»ning 10-raqamli futbolchisi D. Pletnev mehmonlarning 17-raqamli azosi F. Sohibjonovni o'z jarima maydonchasi ichida yiqitgan. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Asker Najafaliev darhol 11 metrli nuqtaga ishora qilgan. VAR hakamlari ham penaltini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: «Surxon» futbolchisi hujumchiga nisbatan fol ishlatgan, penalti to'g'ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

7-vaziyat: «Neftchi» – «Metallurg» uchrashuvi, mezbonlarning goli. VIDEONI KO'RISH 

Farg'onadagi bahsning 89-daqiqasida mezbonlar azosi K. Karp raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Futbolchi zarba berayotgan paytda uning 3 ta jamoadoshi o'yindan tashqari holatda bo'lgan. Biroq VAR hakamlari takrorlarni ko'rib chiqqach, golni inobatga olishni tavsiya qilgan. SHundan so'ng, gol hisoblangan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: O'zFHM tashabbusi bilan ishga tushirilgan 2 darvoza ortidagi kameralar bu safar ham yana bir bor o'z foydasini ko'rsatdi. Darvoza ortidagi kamera tushirgan tasvirda ofsayddagi futbolchilar to'p va darvozabon yo'lini to'smagani aniq ko'ringan. Gol qoidalarga muvofiq urilgan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

8-vaziyat: «Bunyodkor» – «Navbahor» o'yini, ehtimoliy penalti. VIDEONI KO'RISH 

Uchrashuvning 25-daqiqasida «Navbahor» futbolchilari jarima zarbasini ijro etgach, «Bunyodkor» darvozaboni to'pni mushti bilan uzoqlashtirgan. SHu jarayonda to'p «Bunyodkor»ning 11-raqamli azosi T. Abduxoliqovning qo'liga tekkan. Bosh hakam dastlab o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan. So'ngra, VAR hakamlari bilan qisqa suhbatdan keyin o'yinni davom ettirish qarorida qolgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda o'yin davom ettirilishi to'g'ri qaror bo'lgan. To'p o'z jamoadoshidan uzatilgan vaziyatda qo'lga tegsa, penalti belgilanmaydi. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

9-vaziyat: «Bunyodkor» – «Navbahor» uchrashuvi, penalti. VIDEONI KO'RISH 

Toshkentdagi bahsning 69-daqiqasida «Navbahor»ning hujumi chog'ida to'p mezbonlarning 66-raqamli azosi A. To'lqinbekovning qo'liga tekkan. Dastlab, bosh hakam o'yinni davom ettirgan. So'ngra, VAR hakamlari Olim To'ychiboevni monitor yoniga chaqirgach, hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To'p himoyachining notabiiy holatdagi qo'liga tekkan. Bu vaziyatda VAR hakamlari bosh hakamga yordam berib, to'g'ri qilgan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

10-vaziyat: OKMK – «Dinamo» bahsi, ehtimoliy penalti. VIDEONI KO'RISH 

Olmaliqdagi uchrashuvda yuzaga kelgan ushbu bahsli vaziyat samarqandliklarning hujumi jarayonida yuzaga kelgan. «Dinamo»ning 21-raqamli hujumchisi A. Xolmirzaev raqib jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurash chog'ida himoyachi va darvozabon bilan to'qnashib, yiqilgan. Bosh hakam o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan, VAR hakamlari ham uning qarorini qo'llab-quvvatlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda to'pga birinchi bo'lib himoyachi tekkan. SHundan so'ng, himoyachi va hujumchi o'rtasida kontakt sodir bo'lib, «Dinamo» azosi yiqilgan. To'pga birinchi bo'lib o'ynagani uchun OKMK azosi qoidani buzmaganini qayd etishimiz mumkin. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

11-vaziyat: OKMK – «Dinamo» uchrashuvi, ehtimoliy penalti. VIDEONI KO'RISH 

Ushbu bahsda yana bir bor shunga o'xshash holat qayd etildi. «Dinamo» jamoasining hujumi chog'ida jamoa vakili X. Halilov raqib jarima maydoni ichida to'p uchun kurash chog'ida himoyalanayotgan jamoa vakilidan oyog'iga engil zarba qabul qilib olgan. Vaziyatni juda yaqindan kuzatib turgan bosh hakam Ibrohim Ismoilov o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR hakamlar vaziyatni tekshirib chiqqach, penaltiga asos yo'qligini qayd etgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to'p uchun kurash chog'ida kontakt qayd etgan. Biroq bu penalti belgilash uchun etarli asos emas. Qolaversa, vaziyatni bosh hakam juda yaqindan kuzatib turgan, u bu holat uchun 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi noto'g'ri bo'lishini tushungan. O'yinni davom ettirish — to'g'ri qaror edi. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика