Suaresning Urugvay terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Messi, Neymar, Forlan va boshqa yulduzlar ishtirok etdi
07 sen 14:11
Yangiliklar
Suaresning Urugvay terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Messi, Neymar, Forlan va boshqa yulduzlar ishtirok etdi
Urugvay terma jamoasi muxlislari Luis Suaresning so'nggi uchrashuvida ajoyib performans namoyi etishdi.
37 yoshli hujumchi Paragvayga qarshi JCH-2026 saralash bahsida (0:0) o'zining milliy jamoadagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.
"Sentenario" stadionidagi bahs startida oldin muxlislar "Abadiy Luis" deyilgan bannerni namoyish etishdi.
Xayrlashuv marosimida terma jamoa sobiq ustozi Oskar Tabares, jamoa sobiq sardorlari Diego Lugano, Diego Forlan va Diego Godinlar ishtirok etishdi. Bundan tashqari futbolchi faoliyati davomida birga to'p tepgan yulduzlar Lionel Messi va Neymar katta ekran orqali Luisga xayrlashuv nutqlarini etkazishdi.
"Inter Mayami" futbolchisi Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar sifatida xalqaro faoliyatini yakunladi. Uning hisobida 143ta bahs va 69ta gol bor.
Fikrlar