So’nggi yangiliklar

16:28"Андижон" "Одил Аҳмедов ФА"га мағлуб бўлди  1 16:01Роналду билан шов-шувли интервьюлар уюштирган Пирс Морган Салоҳни суҳбатга таклиф этди  0 15:35Англия терма жамоаси футболчиси барда бир кишини боши билан ургани учун ҳибсга олинди  0 15:04"Тоттенхэм" ҳимоячиси январгача сафдан чиқди  0 14:34"Барселона" ҳимоячиси Мартин: "Айнтрахт" Франкфуртга қарши ўйинда очко йўқотишга ҳаққимиз йўқ"  1 14:05Каррагер: "Салоҳ "Ливерпул"га қўшилишидан олдин "Челси"да муваффақиятсизликка учраган одам сифатида танилганди"  13 13:37Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ...  4 13:10Суперлига-2025. Автоголлар статистикаси  0 12:50TVCOM'да бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди ва бошқалар  0 12:27Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда  5 11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  3 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  4 10:45"Челси" етакчиси EЧЛнинг навбатдаги турида майдонга тушмайди  0 10:14"Андижон" футболчиси: "Мураббий билан ҳаммаси яхши кетяпти"  5 09:25"Ливерпуль" Салоҳнинг ўрнига Германиядан футболчи топиб қўйди  6

Joan Laporta: "Messi endilikda “Barselona”ga futbolchi sifatida qaytmaydi" Yangiliklar

Joan Laporta: "Messi endilikda “Barselona”ga futbolchi sifatida qaytmaydi"

“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi haqida gapirib, uning kataloniyaliklar safida yana futbolchi sifatida to'p surishi mumkin emasligini bildirdi.

Messi — “Barselona” akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2021 yil yozida erkin agent sifatida jamoani tark etgan edi. Yaqinda argentinalik futbolchi “Kamp Nou” stadioniga tashrif buyurdi.

Laporta bu haqda shunday dedi:
"Messi “Kamp Nou”ga tashrif buyurgani haqida men oldindan bilmaganman. Menimcha, bu uning "Barselona"dan faxrlanishini ifodalovchi spontan harakat bo'lgan. Bu uning uyi. Biz unga nisbatan yaxshi munosabatdamiz, u ham buni biladi. Biz har doim aytganmiz: uni munosib qabul qilish kerak va bu bir kuni sodir bo'ladi, bu alo voqea bo'ladi.”

Messi esa o'z navbatida shunday degan edi:
“Men "Barselona"ni kutganimdek va orzu qilganimdek holda tark etolmadim. Bu g'alati hissiyot qoldirdi, ammo odamlarning muhabbati men bilan qoladi.”

Bu haqda Laporta qo'shimcha qildi:
“Hamma narsa qanday bo'lib o'tganini hisobga olsak, men hech narsadan afsuslanmayman. "Barsa" hammadan ustun. Bu hammamiz xohlagandek bo'lmadi, ammo o'sha paytda boshqacha qilish imkoni yo'q edi. Agar Messiga hurmat ifodasi sifatida maxsus tadbir o'tkazish buni tuzata olsa, biz bundan mamnun bo'lamiz.”

So'ngra u aniqlik kiritdi:
“Leo Messi "Barselona"ga futbolchi sifatida qaytishi haqida gapirish nereal”, – dedi Laporta Catalunya Ràdioga bergan intervyusida.

Reyting: -9   

Fikrlar

+4   
12 noy 14:55:12
Sho'rqosim
Afsuski Messi ham Ronaldu ham mehnatiga yarasha xayrlasha olmadi jamoasidan
+2   
12 noy 17:26:13
Tulkin Alimov
Катта эҳтимол Лапортанинг оҳирги мавсуми бу Барса президентлигидаги.
+1   
12 noy 20:00:43
Davron Narziyev
Laporta birinchi bo'lish uchungina Messini ketkazdi. Bu birinchilik klubga hechqanaqa foyda olib kelmadi. Shu vaqtgacha aytar lik Sovrinlar yo'q. Barsa hali ham kelajagi mavhum jamoa. Tarkib o'rta hol darajada. Klubning ko'plab daromad keltiradigan manbalari sotildi.
   
12 noy 17:12:38
SPARTAK
Месси Камп Ноуда очилиш маъросимида у́йнаб берса керак.(Шунга шама киляпди)
   
12 noy 17:11:42
SPARTAK
Месси Камп Ноуда очилиш маъросимида у́йнаб берса керак.
   
12 noy 15:32:07
????Ж.А.А.
Қоринбой
   
12 noy 14:25:21
Sho‘rchidan
«Раис ата настроеня плохо был. Не знаю почему?» ))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика