Suares “Yuve”ga o'tadimi? Futbolchi bu savolga javob berdi
19 sen 2020 00:27
Yangiliklar
Suares “Yuve”ga o'tadimi? Futbolchi bu savolga javob berdi
“Barselona”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares faoliyatini Italiyada davom ettirishi haqida xabarlar berilmoqda.
Futbolchining aytishicha, u faoliyatini “Yuventus”da ham davom ettirishi mumkin.
“Yuventus”ga o'tishim amalga oshmaydigan transfer emas”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazetta dello Sport.
Ilgariroq “Yuventus” Edin Jekoning transferini tasdiqlagach, Suares uchun kurashdan chiqqanligi haqida ham xabarlar tarqatilgandi.
Suares 2014 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u jamoasi safida barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar