A Seriya. "Inter" o'z uyida "Atalanta"ni mag'lub eta olmadi, "Napoli" va "Yuventus"da g'alaba
15 mar 02:51
Yangiliklar
A Seriya. "Inter" o'z uyida "Atalanta"ni mag'lub eta olmadi, "Napoli" va "Yuventus"da g'alaba
Italiya A Seriyasi 29-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Inter" va "Atalanta" Milanda o'zaro durang o'ynadi. Francesko Espozitoning goliga mehmonlardan Nikola Krstovich javob qaytardi. "Napoli" esa mehmonda "Lechche"ga qarshi irodali g'alabaga erishdi. Dastlab mehmonlar o'yinchisi Jamil Siebert hisobni ochdi, ammo shundan so'ng neapolliklar safida Rasmus Xoylund va Matteo Politano to'p kiritib, "Napoli"ning g'alabasini taminladi. "Yuventus" esa mehmonda Jeremi Boganing goli evaziga "Udineze"dan ustun keldi.
Italiya chempionatida "Inter" 29 o'yindan so'ng 68 ochko bilan etakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rinda 28 ta o'yindan so'ng 60 ochko jamg'argan "Milan" bormoqda. Uchinchi o'rinda 29 o'yindan so'ng 59 ochko bilan "Napoli" joylashgan.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar