Stipe Perica: "Mavsumni sovrin va uchta g'alaba bilan boshlash yoqimli"
16 mar 01:44
Yangiliklar
Stipe Perica: "Mavsumni sovrin va uchta g'alaba bilan boshlash yoqimli"
"Neftchi" hujumchisi Stipe Perica "Paxtakor"ga qarshi kechgan Superkubok finalidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mavsumni sovrin va uchta g'alaba bilan boshlash yoqimli. Shunday davom etishimiz kerak. Yaxshi natijalar qayd etishda davom etishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
"Neftchi" loyihasi menga juda maqul keldi. Shuning uchun ham jamoaga kelib qo'shildi. "Neftchi" O'zbekiston chempioni va bugun Superkubokni qo'lga kiritdi. Shuningdek, Elit OCHLda o'ynaymiz. Barchasi ajoyib ketmoqda. Bu erda ekanligimdan baxtliman.
Muxlislarga ham katta rahmat. Safarda o'ynayotganimizga qaramay 10-15 ming nafar muxlis stadionga tashrif buyurdi", — deya aytib o'tdi Stipe Perica final bahsi yakunlangach.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar