A Seriya. "Komo" "Roma"ni mag'lub etdi, "Milan" esa muhim o'yinda mag'lubiyatga uchradi
16 mar 02:42
Yangiliklar
A Seriya. "Komo" "Roma"ni mag'lub etdi, "Milan" esa muhim o'yinda mag'lubiyatga uchradi
"Koma" va "Roma" o'rtasidagi o'yinning 7-daqiqasidayoq mehmonlar Doniell Malenning penaltidan urgan goli tufayli hisobni ochishdi. 59-daqiqada mezbonlar forvardi Anastasios Douvikas hisobni tenglashtirdi. 64-daqiqada rimliklar himoyachisi Uesli Franka ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. 79-daqiqada esa "Komo" himoyachisi Diego Karlos raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi.
"Lacio" va "Roma" jamoalari o'rtasidagi o'yin taqdirini esa bitta gol hal qildi. Rimliklar forvardi Gustav Isaksenning 26-daqiqada urgan goli "burgutlar"ga g'alaba taqdim etdi. Shuningdek, 90+8 daqiqada "Lacio" ustozi Mauricio Sarri qizil kartochka oldi.
A Seriya turnir jadvalida "Inter" 29-turdan so'ng 68 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Milan" hisobida 60 ochko bor. Kuchli uchlikni 59 ochko bilan "Napoli" yakunlab bermoqda.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar