So’nggi yangiliklar

08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  0 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   1 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  12 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  7 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  83 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1

Srechko Katanec: "90 daqiqa bir xil o'ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo'lsa kerak" Yangiliklar

Srechko Katanec: "90 daqiqa bir xil o'ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo'lsa kerak"

JCH-2026 saralashi doirasidagi KXDR - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 Uchrashuvdan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi va unda terma jamoamiz bosh murabbiy Srechko Katanec hamda darvozabon O'tkir Yusupov ishtirok etdi.

Srechko Katanec: Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, raqibda imkoniyat bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda Bobir Abdixoliqov vaziyatdan foydalanganida o'yin engil kechishi mumkin edi. Himoyalanayotgan vaqtda jarima maydonchasi ichida to'p qo'lga tegishi bo'lib turadi. Baxtimizga O'tkir Yusupov penaltini qaytardi va biz o'zimizga kerakli natijani qayd eta oldik.

O'tkir Yusupov: O'yindan qoniqdik. 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman. Bir kun oldin yigitlar bilan gaplashgan edik. Taktikani yig'ishtirib hamma yurakdan o'ynasa yutishimizni aytgandik. 

- Terma jamoamiz har bir o'yinda faqatgina bir taym yaxshi o'ynamoqda. Bugun ikkinchi bo'limda raqib to'liq ustunlik qildi, Qatarga qarshi bahsda esa juda yomon birinchi bo'lim. Faqatgina bir taym futbol o'ynaydigan jamoa bo'lib qolmadikmi?

Srechko Katanec: 90 daqiqa bir xil o'ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo'lsa kerak, balki 1-2 ta top jamoalarni inobatga olmasa. Bugun qiyin sharoitda o'ynadik. Yuqori namlik, vaqtdagi farqlar. Qatarga qarshi o'yinda oxirgi soniyalarda o'tkazib yuborilgan gol futbolchilarni ruhiyatiga tasir qilmasdan qolmasdi. SHunga qaramay, yigitlar o'ziga kelishga muvaffaq bo'ldi. Tan olish kerak bugun ayrim etakchi futbolchilarsiz keldik. Ularning o'rniga tushganlar juda yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. OFKga murojaat qilmoqchi edim. Bunday maydonda o'ynash futbolchilarning sog'lig'i uchun xavfli. Mashg'ulot maydonimiz bundan ham yomon holatda edi. Bu erdagi tashkiliy qo'mitaga etirozim yo'q, faqat maydonni gapirdim.

- KXDRga qarshi kechgan o'yinlarda ikkita 11 metrlik zarbani bartaraf etdingiz. Bu esa terma jamoaga 6 ochko taqdim etganingizni anglatadi. Sizni ko'pchilik penaltilar ustasi emas deya qabul qiladi. Penaltilarni qaytarish qobiliyatingizni qanday yaxshilab oldingiz? KXDR futbolchilarini o'rganib chiqqandingizmi?

O'tkir Yusupov: KXDR futbolchilarini qaerdan o'rganasiz? Ularning chempionatini ko'ra olmaysiz va buning imkoni yo'q. Penaltiga kelsak, darvozabonlarda ichki hissiyot bo'ladi. Qaerga tepishini sezib turadi. Muhimi 3 ochko qo'lga kiritdik. Xalqimiz xursand bo'lsa bo'ldi. Biz shuning uchun o'ynaymiz.

- Avallari terma jamoa JCHning so'nggi saralash bosqichlarida muammolar girdobida qolib ketar edi. Qattiq tanqid, murabbiylar almashinuvi va o'yindagi muammolar va turli xil boshqa sabablar mundialga chiqishimizga to'sqinlik qilgan. Bu safargi saralashda esa futbolchilarning o'zi va associaciya sizga ishonch bildirmoqda. Sizga bildirilayotgan ishonchni his etayapsizmi? Masalan, avvallgi saralashlarda bunday holat bo'lganida bosh murabbiy istefoga chiqarilgan bo'lar edi...

Srechko Katanec: Men o'z ishimni qilyapmanFutbolchilarga qo'llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Qatar bilan o'yindan so'ng yaxshi vaziyatda emasdik. Oldingi murabbiy almashinuvlariga kelsak, bilmayman. Buni rahbariyat biladi. Hozirgi holatimizga kelsak, mavjud 6 ta o'yin ichidan 18 ochkoning 13 tasini to'plashga muvaffaq bo'ldik. Bizni yana 4 ta o'yin kutmoqda. Endi keyingi 12 ochko uchun harakat qilishimiz kerak. Futbolchilarga doim kurash oxirigacha bo'lishini aytaman. Ertaroq hal qilamiz degan ruhiyat bo'lmasligi kerak. Albatta, mundial yo'llanmasini erta qo'lga kiritsak yaxshi bo'lardi. Ammo biz oxirigacha kurashishga tayyormiz. 10 ta o'yinni yutish oson emas, ayniqsa muhim futbolchilar ishtirok eta olmasa.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика