Simeone Ronalduning transferi haqida gapirdi
15 avg 2022 21:12
Yangiliklar
Simeone Ronalduning transferi haqida gapirdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Krishtianu Ronalduning transferi haqida fikr bildirdi.
"Matraschilar" ustozi La Liganing ilk turi doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning transferi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
"Futbolchilarning transferlari to'g'risidagi bu kabi mish-mishlar odatiy holga aylandi. Men hozirda faqat "Xetafe"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida o'ylayapman, meni tashvishga solayotgan yagona narsa shu", — dedi Simeone Ispaniyaning Sport nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Krishtianu Ronalduning agenti hujumchini "Atletiko"ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar