So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

SI "CHelsi"ning "Zagreb"ga golini bekor qildi. Ofsaydni yarim avtomatik aniqlash - ushbu CHL uchun yangilik Yangiliklar

SI "CHelsi"ning "Zagreb"ga golini bekor qildi. Ofsaydni yarim avtomatik aniqlash - ushbu CHL uchun yangilik

JCH-2022da ham bo'ladi.

"CHelsi" kutilmagan tarzda mehmonda Zagrebning "Dinamo" jamoasiga engildi — 0:1. Tomas Tuxel jamoasi baribir gol urdi, ammo Obameyangning goli hisobga olinmadi.


Ikkinchi taym boshida Per-Emerik hisobni tenglashtirgandek tuyulgan bir paytda, gol tezda bekor qilindi — unga uzatma amalga oshirgan Ben CHiluellda "o'yindan tashqari holat" aniqlandi.




Bu tarixiy lahza edi — ilk bor bunday darajada ofsaydni yarim avtomatik aniqlash tizimi ishladi. Ikki daqiqadan so'ng atayin vaziyatning grafik modeli namoyish etildi.



Bilish kerak bo'lgan mavsumning bosh yangiliklaridan.


Yarim avtomatik ofsaydlar nima?


UEFA avgustda ushbu mavsumdan CHempionlar Ligasida ofsaydni yarim avtomatik aniqlash tizimi qo'llanishini elon qildi.


"UEFA doimiy ravishda o'yinlarni yaxshilash va hakamlar ishlarini qo'llab-quvvatlash uchun yangi texnologik echimlar qidiradi. Ushbu innovacion tizim VAR jamoasiga ofsaydni tezroq va yaxshiroq aniqlashga imkon beradi va shu sabab o'yin tempi va qarorlar izchilligi oshiriladi.


Tizim CHempionlar Ligasi o'tadigan rasmiy o'yinlar va har bir stadionda tadbiq qilish uchun tayyor", — dedi UEFA hakamlar qo'mitasi rahbari Roberto Rozetti.


Yangi texnologiyada stadionlar tomlari ostida o'rnatilgan 12ta kuzatuv kameralari ishlatiladi. Kameralarning maqsadi — to'pni kuzatish va har bir o'yinchidan 29 nuqtadan malumot yig'ish. Qayta ishlash tezligi — sekundiga 50ta fiksaciya. SHu sabab u hech qanday harakatni o'tkazib yubormaydi. Nuqtalar — ofsaydga aloqadar bo'lgan tananing barcha qismlari.



Ofsaydni yaxshiroq aniqlash uchun to'pga inertial o'lchovchi datchik o'rnatilgan — bu harakatni sezadigan elementlar to'plami (giroskoplar va akselerometrlar). To'pdan olingan malumotlar VAR xonasiga to'p uzatilish (yoki rikoshetlar) vaziyatini yaxshiroq va maksimal aniqlash uchun sekundiga 500 marta ketadi.


Tizim ushbu malumotlarni birgalikda to'playdi va suniy intellekt barchasini tahlil qilishga yordam beradi. Yakunda VAR hakamlari "o'yindan tashqari holat"da turgan o'yinchi to'pni olgan payti ofsayd bo'yicha darhol signal olishadi.


Ofsayd haqida bosh hakamga malum qilishdan oldin videoassistentlar texnologiya ofsayd chizig'ini to'g'ri aniqlaganini o'zlari tekshirishadi. Bu uchun bir necha sekundlar kerak bo'ladi — shu sabab tizim yarim avtomat (avtomatik emas) deb ataladi.


Bu ishlarning natijasi o'zi yaratadigan grafik model va uning translyaciyaga uzatilishidir.


Tizim CHLning barcha o'yinlarida ishlatiladi. Qatardagi Jahon chempionatida ham


Tizim birinchi bor qo'llanilganidan yarim soat o'tib, u boshqa o'yinda ham "yoqildi" — u erda "Kopengagen"ning "Borussiya"ga urgan goli bekor qilindi. Hujum payti davomida ofsayd aniqlandi.



Butun boshli katta futbol ushbu tizimga o'tadi. FIFA hech bo'lmaganda allaqachon Qatarda bo'lib o'tadigan JCHda ofsaydni yarim avtomatik aniqlash tizimi bo'lishini elon qildi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика