So’nggi yangiliklar

02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  6 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1

SHavkat Saidov: "Natijadan ko'ngil to'ldi, o'yindan esa qisman..." Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Natijadan ko'ngil to'ldi, o'yindan esa qisman..."

“Olmaliq” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogi nimchorak final javob uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov o'z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Bugungi natijadan to'liq qoniqish hosil qildik. Olmaliqqa ijobiy natija uchun kelgandik, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Ammo o'yindan to'liq qanoatlandik deb ayta olmayman. Tanaffus paytida ham, uchrashuv yakunlanganidan keyin ham bosh murabbiyimiz Rustam Mirsodiqov kiyinish xonasida yigitlarga o'z etirozlarini bildirdi. O'yinni yaxshi boshlab, xotirjamlikka berilish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini, top jamoalar bunday vaziyatlarda ayab o'tirmasligini takidladilar. O'zlaringiz ko'rdingiz, 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan paytimizda futbolchilarimiz bo'shashishdi. Oqibatda “Olmaliq” birinchi taymning o'zidayoq hisobni tenglashtirib oldi. Mezbonlar g'alaba qozonib ketishlari ham mumkin edi.

“Olmaliq”qa keladigan bo'lsam, bu jamoada iqtidorli o'yinchilar jamlanishgan. Natija nega ijobiy tomonga o'zgarmayotganligini tushunmayapman. Ammo boshlangan ishni tashlab qo'ymaslik kerak. SHu o'yinchilarning o'zi bilan ham yuqori natijalar uchun kurashadigan kollektivni shakllantirsa bo'ladi. Faqat bunga ishonish, ishlash zarur.

"Metallurg" matbuot xizmati
 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика