"Navbahor" futbol maktabi "Ayaks" futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi
16 sen 20:58
Yangiliklar


"Navbahor" futbol maktabi "Ayaks" futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi
Tashrif davomida davlatimiz rahbari "Navbahor" futbol klubi haqida ham to'xtalib o'tdi.
"Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo'lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o'yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to'p tepib katta bo'ladi. “Navbahor”ning har bir o'yini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yaqinda "Navbahor" futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur "Ayaks" futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.
Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida o'ynaydigan, jahon chempionatlarida o'z mahoratini namoyon qiladigan ko'plab futbolchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Нимани хисобидан харажат? Пул суммаси канча?